SQB kartalari haqida ko'p so'raladigan savollar

Yopish
1. Oʻzingiz uchun eng mos kartani qanday tanlash mumkin?
Bank kartasiga buyurtma berishda koʻpchilik eng "arzon", texnik xizmat koʻrsatishning past narxini qidiradi. Biroq, eng yaxshi variantni tanlash uchun har bir turning shartlari va afzalliklarini baholash muhimdir. Masalan, SQB dan HUMO va Uzcard debet kartalari Oʻzbekiston hududida foydalanish uchun eng maqbuldir. Visa Infinite, Visa Platinum, Mastercard World va UnionPay Gold- chet elga sayohat qilish va ish safarlarida eng qulaydir.
Yopish
2. "O ʼ zsanoatqurilishbank"ATB bank kartasini qanday ochish mumkin?
Oʻzingiz uchun qulay boʻlgan bank ofisiga murojaat qiling va arizani toʻldiring. Ochish uchun sizga faqat pasport kerak. Bizning mutaxassislarimiz sizga kartani tanlashda yordam beradi.
Yopish
3. Ish haqi va debet karta bir xilmi?
Ha, barcha ish haqi kartalari oddiy debet kartalardir.
Yopish
4. Mening kartam qulflangan. Nima qilish kerak?
Avvalo,SQB bankning  rasmiy raqami -1180 ga qoʻngʻiroq qiling. Sizning kartangiz aniq bloklanganligini va agar shunday boʻlsa, nima sababdan ekanligini maslahatchi bilan tekshiring. Siz kartani blokdan faqat karta ochilgan bank ofisida echishingiz mumkin.
 
Yopish
5.Kartadagi mablagʻlarni qanday himoya qilish kerak?
Bir nechta oddiy, ammo juda muhim qoidalarga rioya qiling:
1. Onlayn-banking uchun mustahkam PIN-kod va parolni tanlang.
2. Parollaringizni jamoat joylarida saqlamang. Koʻp odamlar oʻzlarining PIN-kodlarini plastik kartaning oʻzida yozishdan aziyat chekishdi.
3. Karta maʼlumotlarini aytmaslikka harakat qiling, toʻlashda ularni oʻzingiz kiriting.
4. Hech qachon rasmiy saytlarning tepasida kutilmaganda paydo boʻladigan qalqib chiquvchi oynalarga karta maʼlumotlarini kiritmang.
5.  Hech qachon karta maʼlumotlari va biron bir kod haqida telefon orqali xabar bermang.
Yopish
6. Kartadagi qanday maʼlumotlar maxfiy?
PIN-kod, kartaning amal qilish muddati, CVV va CVC kodlari. Ushbu kodlar turli xil toʻlov tizimlari uchun moʻljallangan: CVV- VISA tizimi va CVC- MasterCard.



Oxirgi yangilanish sanasi: 30.10.2023 16:21  
up