SQB rahbariyati bank yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
26.02.2026 15:43
26-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) boshqaruvi bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda bosh ofis xodimlari bilan birga hududiy tarmoqlardan Zoom orqali ulangan 200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Ma’lumki, joriy yilning 24-fevral kuni Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot o‘tkazib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Xususan:
• yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 mln dollar ajratiladi;
• kredit miqdori 10 mlrd so‘mgacha oshiriladi;
• startaplarga 100 ming dollargacha investitsiya kiritiladi;
• imtiyozli kreditlar va biznes inkubatorlar yo‘lga qo‘yiladi.
Uchrashuvda ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash hamda bank tizimida yoshlar bilan ishlashni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchi tayinlandi.
Endilikda har payshanba kuni bunday uchrashuvlar muntazam o‘tkazib boriladi.

173
Boshqa yangiliklar