“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida bankning sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha konsepsiyasi va amaliy natijalarini taqdim etdi. Tadbirda SQB nomidan Bank Boshqaruvi raisining maslahatchisi Sergey Kozlov ishtirok etib, “AI-transformatsiya va AI-Driven SQB bankini shakllantirish” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada bankning alohida AI-pilot loyihalaridan tizimli transformatsiya modeliga o‘tish tajribasi yoritildi. SQB sun’iy intellektdan qaror qabul qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, xodimlar faoliyati va operatsion jarayonlarni takomillashtirishda foydalanmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi asosiy yechimlardan biri — SQB.Nova korporativ AI-platformasidir. Platforma bankning turli biznes yo‘nalishlarida sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni joriy etish uchun yagona texnologik muhitni ta’minlaydi.
SQB.Nova generativ va prediktiv AI, ovozli texnologiyalar, hujjatlarni qayta ishlash, klassik ML-modellar, korporativ ma’lumotlar va bilimlar bazasi hamda integratsiya vositalarini bankning himoyalangan konturida birlashtiradi.
“Sun’iy intellektni joriy etishda asosiy maqsad alohida pilot loyihalarni ko‘paytirish emas, balki ularni yagona platforma va standartlar asosida bank faoliyatiga integratsiya qilishdir. Har bir yangi yechim mavjud texnologik imkoniyatlardan foydalanib, keyingi loyihalarni tezroq va samaraliroq amalga oshirishga xizmat qilishi kerak”, — dedi Sergey Kozlov.
Taqdimotda sun’iy intellekt texnologiyalarini O‘zbekiston va Markaziy Osiyo sharoitiga moslashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Bunda mahalliy tillar, bank amaliyoti, ma’lumotlardan foydalanish talablari va tartibga solish me’yorlari muhim omillar sifatida qayd etildi.
SQB AI-transformatsiyani xodimlarning texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish va biznes jarayonlarini takomillashtirish bilan birgalikda amalga oshirmoqda.
Bankning AI Tech Summit 2026dagi ishtiroki SQBning sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborini namoyon etadi. Konferensiyada SQB vakili OpenAI, NVIDIA, Microsoft, Intel, Siemens, Accenture va Lloyds Banking Group kabi kompaniya va tashkilotlar vakillari bilan bir qatorda ishtirok etdi.
AI Tech Summit 2026 3–4-sentabr kunlari Belgraddagi Sava Center majmuasida o‘tkazilmoqda. Tadbirda 1000 dan ortiq ishtirokchi va 50 dan ziyod spiker qatnashmoqda.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati korrupsiyaviy xavflarni oldindan aniqlash va ularni keltiri ...
Joriy yilning 24-26-avgust kunlari Toshkent shahrida “Silk Road Finance & Technology ...

