“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati


09.10.2026 14:24

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan kredit bo‘yicha ortiqcha to‘langan mablag‘larni asosiy qarzni so‘ndirishga yo‘naltirish tartibi yuzasidan e’lon qilingan axborotda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Mazkur masala yuzasidan bank mas’ullari tomonidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

Bankda kredit to‘lovlarini so‘ndirish mexanizmi takomillashtirilgan. Xususan, to‘langan mablag‘larning kredit qarzdorligini so‘ndirishga o‘z vaqtida yo‘naltirilmay qolishining oldini olish maqsadida 2026-yil 26-martdan boshlab avtomatik tizim ishga tushirilgan.

Hozirda mijozlar “SQB Mobile” ilovasi va bank kassalari orqali kredit to‘lovlarini ikki usulda amalga oshirishlari mumkin:

To‘lov grafigi bo‘yicha – mablag‘ avvalo muddati o‘tgan qarz va penyani qoplashga yo‘naltiriladi. Qolgan qismi mijoz hisobvarag‘ida saqlanib, belgilangan to‘lov sanasida kredit qarzdorligini so‘ndirishga avtomatik o‘tkaziladi.

Muddatidan oldin so‘ndirish – mablag‘ avval muddati o‘tgan qarz va penyani, so‘ng joriy davr uchun hisoblangan foizlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Qolgan qismi kreditning asosiy qarzini kamaytiradi.

Shuningdek, avto‘lov (Autopay) tizimi orqali bank kartalaridan yechilgan mablag‘lar ham undirilgan zahoti muddati o‘tgan kredit qarzdorligini so‘ndirishga avtomatik yo‘naltiriladi.

Shunday qilib, mablag‘larning kredit qarzdorligini so‘ndirish tartibi mijoz tanlagan to‘lov usuliga bog‘liq. Ayrim hollarda mijozlar ushbu usullar o‘rtasidagi farqni to‘liq tushunmasdan to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Natijada ortiqcha to‘langan mablag‘ asosiy qarzni muddatidan oldin kamaytirishga yo‘naltirilmaydi.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida “SQB Mobile” ilovasini takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, ilovaning yangi versiyasida mijoz to‘lov usulini tanlashidan avval uning shartlari, mablag‘larning qanday taqsimlanishi va usullar o‘rtasidagi farq haqida sodda hamda tushunarli ma’lumot olishi ko‘zda tutilgan.





Boshqa yangiliklar

10/13/2026 05:18:41 pm
Xorazm sayyohlik xaritasi yana bir manzil bilan boyidi

Tarixiy obidalari, betakror me’morchiligi va boy madaniy merosi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelayotgan Xiv ...

10/13/2026 11:09:09 am
SQBda xodimlarning kommunikatsiya ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank”da xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni ...

10/12/2026 03:33:45 pm
Qo‘ng‘irotda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va amaliy yechimlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.10.2026 21:06  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит