Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunbuzilishi holatlarini tezkor oʻrganish va monitoring qilish davomida quyidagi holatlar aniqlandi.
Jumladan, bankning Farg‘ona viloyat BXO/BXM tarmoqlarida biznes menejerlar hamda aholini tadbirkorlikka jalb qilish guruhi mahalla bankiri lavozimida faoliyat olib boruvchi 3 nafar xodimlari tomonidan mijozlarga imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish jarayonida bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va ichki qoidalar talablariga rioya qilmaslik, garov mulkini o‘rganishda va baholashda amalda garovga olinayotgan mulkning emas, balki boshqa mulk (bino)larning suratlaridan foydalanganligi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganligi oqibatida kredit mablagʻlari noqonuniy ravishda ajratilganligi aniqlandi.
Kredit ajratilishi jarayonida bankka taqdim etilgan mijozning hisob raqam aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarda soxtalashtirish alomatlari mavjud bo‘lsa-da, kredit hujjatlari rasmiylashtirilishida bank xodimi tomonidan mazkur holatlar o‘rganilmagan.
Shuningdek, bank xodimi tomonidan manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan shaxsiy manfaatdorlikka yoʻl qoʻyilgan va manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyalirida ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan.
BXO/BXM xodimlariga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.
Yakun boʻyicha toʻplangan materiallar Farg‘ona viloyat prokuraturasiga aniqlangan holatlarga huquqiy va qonuniy baho berilishi uchun taqdim etilgan.
Fuqarolar va mijozlarda korrupsion omillar yoki qonunbuzilishi holatlariga oid xabarlar mavjud boʻlsa, bankning korrupsiyaga qarshi kurashishga moʻljallangan ishonch liniyalariga murojaat qilishlari soʻraladi.
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...
