Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan olib borilgan monitoring va tezkor o‘rganishlar natijasida Surxondaryo bank xizmatlari ofisida qonunbuzilish holati aniqlandi.
Xizmat tekshiruvi davomida ayrim xodimlar tomonidan 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-aprelga qadar tranzit hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda yo‘naltirilmasdan, asossiz ravishda boshqa mijozlarning hisob raqamlariga o‘tkazilgani aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar xizmat tekshiruvi davomida bartaraf etildi.
Holat yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan amaldagi tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Fuqarolar va mijozlardan korrupsiyaga oid yoki boshqa qonunbuzilish holatlari haqida bankning ishonch aloqa kanallari orqali xabar berishlari so‘raladi.
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan o‘tkazilgan monitoring va xizmat tekshiruvi natijasida J ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida qonunbuzilish h ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida qonunbuzili ...

