Hurmatli mijozlar!
SQB Mobile mobil ilovasining yangilangan versiyasi taqdim etilganini ma’lum qilamiz. Yangi versiyada ilovadan foydalanish qulayligini, operatsiyalar shaffofligini va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga qaratilgan takomillashtirishlar amalga oshirildi.
Asosiy yangiliklar:
«Mening kreditlarim» bo‘limi yangilandi. Bo‘lim yangi dizayn va kredit majburiyatlarini nazorat qilish uchun yanada qulay navigatsiyaga ega bo‘ldi.
Xarajatlar monitoringi takomillashtirildi. Operatsiyalar tarixi yanada batafsil ma’lumotlarni aks ettiradi: rekvizitlar va QR-kodlar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar umumiy xarajatlar tarixida ko‘rsatiladi.
Kredit rasmiylashtirishda sug‘urtalash. Ilovada kredit mahsulotlarini rasmiylashtirish jarayonida sug‘urta polislarini avtomatik rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
Pul o‘tkazmalarida yanada yuqori shaffoflik. Kredit kartasidan pul o‘tkazishda barcha shartlar va komissiyalar operatsiyani tasdiqlashdan oldin ko‘rsatiladi.
To‘lov jadvalini oldindan ko‘rish imkoniyati qo‘shildi. Endilikda kredit shartnomasini imzolashdan oldin kreditni so‘ndirish jadvalini ko‘rish va yuklab olish mumkin.
E’tibor bering: «Yangicha» mikroqarzini rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatilgan. Hozirda ushbu mahsulotni olish imkoniyati mavjud emas.
SQB Mobile ilovasini yangilang va yangi imkoniyatlardan foydalaning!
Qo‘shimcha ma’lumotni Bankning 1180 raqamli Kontakt-markazidan, shuningdek, eng yaqin bank xizmatlari ofislaridan olishingiz mumkin.
Hurmatli mijozlar! «Navoiy» bank xizmatlari ofisi quyidagi yangi manzilga ko‘chirilishini ma’lum qi ...
Hurmatli mijozlar! «Angren» bank xizmatlari markazi quyidagi yangi manzilga ko‘chirilishini ma’lum ...
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan joriy yilning 27-oktabr kuni Surxondaryo viloyatida tadbi ...
