“O‘zsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabarnoma

“O‘zbekiston sanoat - qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyi: 2018 yil 20 iyun, soat 11:00, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uyda joylashgan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning katta majlislar zali.


Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun bank aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2018 yil 25 may.

Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2018 yil 14 iyun.


Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2018 yil 20 iyun kuni soat 10:00 da boshlanadi. Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotlar (materiallar) bilan Bosh bankda tanishish mumkin.


YIG‘ILISH KUN TARTIBI:


1. Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisobotini, bankning rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish.

2. Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish.

3. Bankning 2017 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.

4. Bankda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

5. Bank foydasini taqsimlash.

6. Bank kapitali tarkibidagi zahiralar hisobini muvofiqlashtirish.

7. Aktsiya egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarni Bank ixtiyoriga (daromadiga) o‘tkazish.

8. Bankning “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqalaridagi aktivlarni hisobdan chiqarish.

9. Bank Kengashi a’zolarini saylash.

10. Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.

11. Bank Boshqaruvi Raisi va a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini 1 (bir) yil muddatga uzaytirish.

12. Bankning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash.

13. Bankning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish va qayta tasdiqlash.

14. “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2018-2022 yillar uchun rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.


Aksiyadorlar shaxsan yoki ularning vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (jismoniy shaxs vakillari notarial tasdiqlangan, yuridik shaxs vakillari tashkilot tomonidan berilgan ishonchnoma) bilan yig‘ilishda ishtirok etishlari mumkin.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (+99871) 120-45-07.



“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.12.2018 15:09  
up