Individuak belgilanadi
Kreditning maksimal miqdori
36 oygacha
Kredit muddati
UZS, USD, EUR
Kredit valyutasi
26 % gacha
Kredit stavkasi milliy valyutada
14 % gacha
Kredit stavkasi xorijiy valyutada
Individual belgilanadi
Imtiyozli davr
Kreditning maqsadi:
kredit limiti doirasida Bankda mavjud kredit mahsulotlarining ixtiyoriy turidan foydalanish
Valyuta:
so'm, AQSh dollari, evro
Kredit muddati:
36 oygacha
Foiz stavkasi:
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi
- milliy valyutada: yillik 24%-26%
- xorijiy valyutada: yillik 12%-14%
Imtiyozli davr:
har bir loyiha xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi
Kredit miqdori:
mijozning skoring asosidagi ishonchli reytingi bo'yicha limit aniqlanadi. Limit doirasida foydalanilayotgan boshqa mahsulotlarning miqdori ushbu mahsulotlar shartlarida ko‘rsatilgani bo‘yicha belgilanadi.
Kreditni ta'minoti:
kredit summasining kamida 125%ini (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) ta'minlashi zarur
Ta'minoti turi:
- ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar, qimmatli qog'ozlar, omborxonadagi tayyor mahsulotlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar;
- korporativ mijozlarning kafilligi, sug'urta polisi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish Kompaniyasi" AJ kafilligi
1. Ariza
2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).
5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)
7. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo`yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi. Bunda, sotib olinadigan mahsulot yoki xizmat ko`rsatish bo`yich shartnomalar tarafi sifatida Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Eron Respublikalaridan ro`yxatdan o`tgan kompaniyalar (kontragent) qatnashgan taqdirda xalqaro huquqiy reytinglarda Tier/Band 1 darajasida va Chambers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 reyting ko`rsatkichlariga ega bo`lgan xalqaro yuridik kompaniyalarining ijobiy xulosasi taqdim etilishi lozim. (kredit shartnomasi rasmiylashtirilgandan so`ng taqdim etilishi mumkin)
8. Sotib olinayotgan asosiy vositalar narxining jahon bozori konyukturasiga mos kelishi bo‘yicha akkreditatsiyasidan o‘tgan xalqaro konsalting kompaniyasining yoki “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi.
9. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik iqtisodiy asosnoma.
10. Loyiha ekologik ekspertiza talab qilinadigan loyihalar toifasiga kirgan holatlarda ekologik xulosa.
11. Agar kredit hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, unda:
a. qurilish arxitektura rejalashtirish topshirig‘i
b. qurilishning smeta xujjati
v. smeta xujjatining ekspertizasi