Guarantee

Qoplangan va qoplanmagan bank kafolatini taqdim etish

Mahsulot haqida

chegaralanmagan

Kreditning maksimal miqdori

60 oygacha

Kredit muddati

UZS, USD, EUR

Kredit valyutasi

0,5 % dan

Kredit stavkasi

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

qoplangan va qoplanmagan bank kafolatini taqdim etish

Valyuta:

so'm, AQSh dollari, evro

Kredit muddati:

60 oygacha

Foiz stavkasi:

- qoplamasiz yillik 5,0% dan kam bo‘lmagan miqdorda;
- qoplama bilan (pul shaklida): 0,5% (yillik) dan kam bo‘lmagan miqdorda

Kredit miqdori:

chegaralanmagan

Kreditni ta'minoti:

Kredit summasining kamida 125%ini (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) ta'minlashi zarur

Ta'minoti turi:

- ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar, qimmatli qog'ozlar, omborxonadagi tayyor mahsulotlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar; pul mablag‘lari bilan qoplanganda kafolat valyutasida 100% miqdorida, xorijiy valyutadagi kafolatlar uchun milliy valyutada pul mablag‘i bilan qoplansa 110% miqdorida.

- kafolat summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda kafillik, aksiyalar, kelajakdagi pul mablag‘lari tushumi, sug‘urta polisi.


Hujjatlar
Mijoz tomonidan “Guarantee” mahsulotidan foydalanish uchun taqdim etadigan hujjatlar ro‘yxati:

1.  Kafolat olishga ariza (anketa);

2.  Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3.  Mijozning kafolat olish uchun asos hujjatlari: bunda qurilishlar uchun o‘tkaziladigan tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha matbuotda chop etilgan e’lon nusxasi, paxta tolasi sotib olish bo‘yicha Tashqi savdo kompaniyasi bilan tuzilgan, Tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalar vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan shartnoma nusxasi, “O‘zbekiston Havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan tuzilgan agentlik kelishuvi va boshqa shunga o‘xshash har qanday hujjat; 

4.  Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi, shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari.

5.  Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa). 

6.  Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kafolatdan foydalanish yuzasidan roziligi.

7.  Kafolatdan foydalanish bo‘yicha biznes reja (mijoz faoliyati bo‘yicha).

8.  Oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasi (bunda oxirgi tugallangan moliyaviy yil uchun auditorlik xulosasi me’yoriy huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan muddatdan so‘ng taqdim etilishi mumkin).


Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda:

1.  korxona ta’sis xujjatlari;

2.  kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot;

3.  kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining  kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.);

4.  kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi 

5.  kafillik taqdim etish bo‘yicha kafilning vakolatli organining  ijobiy roziligi. 

6.  kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot  (2-son shakl).


SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo boʻylab tez va xavfsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 31.07.2024 16:01  
up