Eksport oldi moliyalashtirish

Eksport oldi xarajatlarni moliyalashtirish uchun

Kredit haqida

Individual belgilanadi

Kreditning maksimal miqdori

18 oygacha

Kredit muddati

UZS, USD, EUR

Kredit valyutasi

24 % dan

Kredit stavkasi milliy valyutada

12 % dan

Kredit stavkasi xorijiy valyutada

Individual belgilanadi

Imtiyozli davr

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

eksport oldi xarajatlarni moliyalashtirish uchun

Valyuta:

so'm, AQSh dollari, evro

Kredit muddati:

18 oy muddatgacha (kredit naqd pulda berilganda 90 kungacha)

Foiz stavkasi:

Loyiha xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi

- milliy valyutada: yillik 24%-26%
- xorijiy valyutada: yillik 12%-14%

Imtiyozli davr:

har bir loyiha xususiyatidan va mijoz arizasidan kelib chiqib kreditni qaytarish grafigi va imtiyozli davr o'rnatiladi

Kredit miqdori:

mijozning eksport hajmidan kelib chiqib belgilanadi

Kreditni ta'minoti:

mahsulot bo'yicha ta'minot jami qiymati kredit summasining kamida 125%ini (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) ta'minlashi zarur

Ta'minoti turi:

ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar, qimmatli qog'ozlar, omborxonadagi tayyor mahsulotlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar;
korporativ mijozlarning kafilligi, sug'urta polisi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish Kompaniyasi" AJ kafilligi


Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar ro‘yxati:

1.  Ariza

2.  Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3.  Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.

4.  Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).

5.  Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.

6.  Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining  kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7.  Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo`yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi. Bunda, sotib olinadigan mahsulot yoki xizmat ko`rsatish bo`yich shartnomalar tarafi sifatida Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Eron Respublikalaridan   ro`yxatdan o`tgan kompaniyalar (kontragent) qatnashgan taqdirda xalqaro huquqiy reytinglarda Tier/Band 1 darajasida va Chambers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 reyting ko`rsatkichlariga ega bo`lgan xalqaro yuridik kompaniyalarining ijobiy xulosasi taqdim etilishi lozim. (kredit shartnomasi rasmiylashtirilgandan so`ng taqdim etilishi mumkin)

8.  Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes reja.

9.  Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hududiy boshqarmalari kafolat xati (Bank ichki normativ hujjatiga asosan naqd pulda qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olish bo‘yicha Tartibda belgilangan holda)


SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo boʻylab tez va xavfsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Savollaringiz bormi?

Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.

Qoʻngʻiroq qilish

Oxirgi yangilanish sanasi: 23.02.2024 16:39  
up