
O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida hududlarni obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish, bandlikni ta’minlash hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar faol olib borilmoqda. 
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ko‘chalar va aholi xonadonlari atrofi tartibga keltirilib, devorlar oqlanmoqda. Yo‘l yoqalari, jamoat joylari hamda ko‘p qavatli uylar atrofi maishiy va qurilish chiqindilaridan tozalanib, ozoda va shinam muhit yaratilmoqda. 
Shu bilan birga, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish maqsadida yangi loyihalar va mikroloyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Har juma O‘zsanoatqurilishbankda “Milliy liboslar kuni” sifatida o‘tkaziladi. Milliy liboslarimizda ...
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! O‘zsanoatqurilishbankka ariza, taklif va shikoyatlaringizni og‘zaki, yo ...
So‘nggi yillarda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mahalla bankirlari faoliyati kengaytiril ...

