SQB rahbariyati Qo‘ng‘irot tumani mahallalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirdi
28.07.2026 17:15
Joriy yilning 27-iyul kuni “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi Aziz Akbarjonov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida bo‘ldi.
Tashrif davomida “Almazar” va “Xanjap” mahallalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ariqlarni tozalash, ovul fuqarolar yig‘inlari hamda ularga tutash hududlarni tartibga keltirish, infratuzilmani takomillashtirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tashkiliy choralar ko‘rildi.
Shuningdek, mas’ullar bilan yashil hududlarni kengaytirish, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda kam ta’minlangan oilalarning turmush sharoitini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar, xotin-qizlar hamda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.





68
Boshqa yangiliklar