Omonat valyutasi:
milliy valyuta (so‘m)
Foiz stavkasi:
17% yillik — bank ofisida ochilganda
18% yillik — SQB Mobile orqali ochilganda
Minimal miqdori:
5 000 000 so‘mdan boshlab
Omonat muddati:
13 oy
Qo‘shimcha mablag‘ kiritish:
ruxsat etiladi
Qisman yechib olish:
ruxsat etilmaydi
Prolongatsiya:
ruxsat etilmaydi
Foizlarni hisoblash:
foizlar avtomatik hisoblanadi va omonat saqlangan har bir to‘liq oy uchun to‘lab beriladi
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB O‘zbekiston Respublikasida omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi va bu mijozlar mablag‘larini qo‘shimcha himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, bankdagi omonatlar davlat himoyasida bo‘ladi.
Omonat bo‘yicha qoplama miqdori 200 mln so‘mni tashkil etadi.
Agar omonat ochilgan kundan boshlab 1 to‘liq oy o‘tmasdan yopilsa, hisoblangan foizlar to‘lanmaydi.
Saqlash muddati 2-oydan 6-oygacha bo‘lganda:
• 14% yillik — bank ofisida ochilganda
• 15% yillik — SQB Mobile orqali ochilganda
Saqlash muddati 7-oydan 12-oygacha bo‘lganda:
• 15% yillik — bank ofisida ochilganda
• 16% yillik — SQB Mobile orqali ochilganda
Omonat bank ofisida ochilganda:
• Pasport yoki ID-karta.
Omonat SQB Mobile mobil ilovasi orqali ochilganda:
• Agar mijoz avval bank kartasi rasmiylashtirilganda va ilovada ro‘yxatdan o‘tishda identifikatsiyadan o‘tgan bo‘lsa, qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.
Foiz stavkasi
Xorijiy valyutadagi omonat

Foiz stavkasi
Maksimal saqlash muddati 24 oy bo'lgan omonat: to'ldirish va qisman yechib olish bilan

Foiz stavkasi
AQSH dollaridagi mablag‘larni saqlash uchun omonat

Foiz stavkasi
Muddatidan oldin yopilganda hisoblangan foizlar saqlanib qoladigan omonat

Omonat tanlash sizning maqsadingizga bog‘liq:
- Daromadni maksimal oshirish muhim bo‘lsa — milliy valyutadagi (so‘m) omonatlarni tanlang, foiz stavkalari yuqoriroq bo‘ladi.
- Valyuta barqarorligi muhim bo‘lsa — xorijiy valyutadagi (USD yoki EUR) omonatlarni tanlang.
- Omonatni keyinchalik to‘ldirib borishni rejalashtirsangiz — to‘ldirish imkoniyati mavjud omonatlarni tanlang: Manfaatli, Ideal, Yevro.
- Mablag‘ni uzoq muddatga saqlash imkoniyati bo‘lsa — uzoq muddatli omonat yuqoriroq umumiy daromad keltiradi.
SQBda omonatlarni quyidagi valyutalarda ochish mumkin:
- milliy valyuta — so‘m (UZS)
- AQSh dollari (USD)
- yevro (EUR)
To‘ldiriladigan omonat — bu amal qilish muddati davomida qo‘shimcha mablag‘ kiritish mumkin bo‘lgan omonat turidir.
SQBda bunday omonatlar:
Manfaatli
Ideal
Yevro
Bu omonatlar muntazam ravishda jamg‘arma qilishni istagan mijozlar uchun qulay.
Omonat muddati muhim shartlardan biridir.
Agar mablag‘ni muddatidan oldin yechib olish zarurati tug‘ilsa, foizlar to‘liq saqlanmasligi mumkin.
Agar mablag‘ sizga uzoq muddat kerak bo‘lmasa, maksimal muddatli omonatni tanlash umumiy daromadni oshiradi.
- Muddatli omonat — mablag‘ ma’lum muddatga joylashtiriladi va yuqoriroq foiz daromadi keltiradi.
- Talab qilib olinguncha omonat — mablag‘ni istalgan vaqtda yechib olish mumkin, ammo foiz darajasi past yoki minimal bo‘ladi.
Jismoniy shaxslar uchun “omonat” va “depozit” atamalari amalda bir xil ma’noni anglatadi — har ikkala holatda ham mijoz mablag‘ini bankka joylashtiradi va foiz daromadi oladi.
“Depozit” atamasi ko‘proq yuridik shaxslar bilan ishlashda qo‘llaniladi.
Ha. To‘ldirish imkoniyati mavjud valyuta omonatlari:
Ideal (USD)
Yevro (EUR)
Foizlar oy ichidagi haqiqiy kunlar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.
Masalan:
yanvar — 31 kun
fevral — 28–29 kun
Shu sababli foiz summasi har oyda biroz farq qilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda omonatlar bo‘yicha foizlar kapitalizatsiyasi nazarda tutilmagan.
Omonat ochish uchun:
- SQB Mobile ilovasini yuklab oling va telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting.
- Shaxsingizni tasdiqlang (pasport ma’lumotlari yoki PINFL orqali).
- Ilovaning bosh sahifasidagi “Mavjud omonatlar” bo‘limiga o‘ting.
- O‘zingizga mos omonatni tanlab, rasmiylashtiring.
Ha, mumkin. Biroq bunday holatda foizlar qayta hisoblanishi yoki kamaytirilishi mumkin. Shartlarni oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Foizlar har kuni hisoblanadi va omonat shartlariga muvofiq to‘lanadi. Foiz stavkasi omonat muddati davomida o‘zgarmaydi.
Ha. Siz turli valyuta va muddatlarda bir nechta omonat ochishingiz mumkin.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.
Omonatlaringiz O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq himoyalangan.
Kafolatlangan omonat summasi — 200 mln so‘m.
Batafsil ma’lumot — «Omonatlaringiz kafolatlangan» bo‘limida. https://fgd.uz/uz
— 0 % kredit asosida
Kredit stavkasi
Imtiyozli davr
Kredit miqdori
Rasmiy dilerlardan Labo · Damas · Captiva · Tracker · Onix avtomobillarini ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qiling


Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.








