Barcha kreditlar
Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring
Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing
Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling
Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.
To'lov turini tanlang
Yillik foiz miqdori (%)
Pasport yoki ID-karta
Sotib olish shartnomasi
Kredit O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolariga beriladi
SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
Kreditning maqsadi:
yangi uy-joy sotib olish uchun
Imtiyozli davr:
6 oy (differensial toʼlovi usulida)
Birgalikda qarz oluvchilar soni:
5 tagacha
Kredit maksimal miqdori:
Toshkent shahrida - 420 000 000 so’m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda - 330 000 000 so’m
Boshlangʻich badalning eng kam miqdori:
15 % dan (xonadon narxidan)
To’lov usuli:
qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial
Qo'shimcha shartlar:
sotib olingan xonadonni sug'urtalash talab qilinmaydi
Dastlabki toʻlov bilan 50%dan
Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3%
Dastlabki toʻlov bilan 25%dan
Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3,5%
Dastlabki toʻlov bilan 15%dan
Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 4%
Dastlabki toʻlov bilan 15%dan
Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3%
Kredit Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari asosida beriladi.
Subsidiya xabarnomasi 4 oy davomida amal qiladi (agar uzaytirilmasa).
Kredit bo‘yicha ijobiy qaror chiqqanidan so‘ng, boshlang‘ich badal “Kafolat-3” omonatiga qo‘yiladi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruvchi tashkilotga o‘tkaziladi.
Agar siz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lsangiz va kamida 25% boshlang‘ich badalga ega bo‘lsangiz, kredit olish imkoniyatingiz bank kartasi aylanmasi, ijara va boshqa xarajatlar asosida baholanadi.
Bu ipoteka kreditidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lishingiz kerak. (2024-yil 1-maygacha olingan kreditlar hisobga olinmaydi.)
O‘rtacha oylik daromadlar
Quyidagi daromad turlari inobatga olinadi:
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat. Mijoz harbiy xizmatchi bo‘lgan taqdirda uning harbiy guvohnomasini vizual identifikatsiyadan o‘tkazgan holda, uning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdan nusxa olinadi;
Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar/elektron ma’lumotlar (bankning elektron dasturi orqali ham olinishi mumkin);
Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan qarz oluvchilar uchun Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (zarur hollarda);
Birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun oldi-sotdi shartnoma, uy-joy qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma (uy-joy qurishga ruxsatnoma/koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Davlat reyestridan koʻchirma/kadastr hujjatlari);
Ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish nazarda tutilgan hollarda “Subsidiya xabarnomasi”;
Qarz oluvchining Labor.migration platformasida ro‘yhatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda);
Qarz oluvchi (migrant) nomidan ishonchnoma (Qarz oluvchi-migrantning faoliyat yuritayotgan mamlakatdagi notarial idoralari tomonidan berilgan ishonchnoma taqdim etilganda, ishonchnomaning aslligini tekshirish maqsadida notarial idoralar tomonidan davlat tiliga tarjima qilinishi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan (legalizatsiya) yoki apostil qilingan bo‘lishi zarur) (zarur hollarda);
Auksion savdolarida yutganligini tasdiqlovchi hujjat (zarur hollarda).
Shuningdek, qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.