
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Sirdaryo BXO rahbariyati tashabbusi bilan Guliston shahrida faol va tashabbuskor yoshlar uchun “Bir kunlik rahbar” loyihasi tashkil etildi.
Loyiha yoshlarning davlat boshqaruviga qiziqishini oshirish, ularda rahbarlik va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish hamda davlat xizmati jarayonlarini amaliy jihatdan o‘rganishiga xizmat qildi.
Loyiha doirasida yoshlar bir kun davomida hududiy boshqaruv organlari rahbarlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, fuqarolar qabuli, hududni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar, davlat xizmatlari markazlari faoliyati hamda hududdagi obyektlarni o‘rganish jarayonlarida ishtirok etdi.

Kun yakunida yoshlar rahbarlar bilan ochiq muloqot qilib, o‘z taassurot va takliflarini bildirdi.
Samimiy va ochiq muhitda o‘tgan loyiha yoshlarga davlat boshqaruvi jarayonlarini ichkaridan ko‘rish, rahbarlik mas’uliyatini his qilish va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishi haqida amaliy tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi.
“Bir kunlik rahbar” loyihasini hududiy boshqaruv organlari bilan hamkorlikda davom ettirish rejalashtirilgan.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ...
SQB Bank foydalanayotgan elektr energiyasining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinganini tasdiqlovchi xalqaro I ...
2026-yil 15-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank ATB rahbariyati boshchiligidagi Ishchi guruh “Dolzarb 40 kunlik” ta ...

