
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Prezidentimizning joriy yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan VI ochiq muloqotida biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, banklarning mijozlar bilan manzilli ishlashini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Bu jarayonda bank va tadbirkor o‘rtasidagi munosabatlarda ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish hamda xizmatlar sifatini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda tashkil etilgan uchrashuvda korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, bank xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy xavflarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, biznesni moliyalashtirish va bank mahsulotlaridan foydalanish shartlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbirkorlarning taklif va murojaatlari tinglanib, yechim talab etadigan masalalar nazoratga olindi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Sirdaryo BXO rahbariyati tashabbusi bilan Guliston shahrida faol va tashabbuskor ...
SQB Bank foydalanayotgan elektr energiyasining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinganini tasdiqlovchi xalqaro I ...
2026-yil 15-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank ATB rahbariyati boshchiligidagi Ishchi guruh “Dolzarb 40 kunlik” ta ...

