Team building: Bir jamoa – bir maqsad: muvaffaqiyat sari birgalikda


14.05.2026 14:36

 Team building: Bir jamoa – bir maqsad: muvaffaqiyat sari birgalikda

Prezidentimiz tomonidan 2026-yil 24-fevralda yoshlar bilan o’tkazilgan ochiq muloqotdan so’ng mamlakatimizda har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.

Ushbu tashabbus har bir tashkilotda yoshlar bilan ochiq muloqot, ularning g’oyalarini eshitish va salohiyatini ro’yobga chiqarish madaniyatini shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.

O’zsanoatqurilishbankda ham mazkur an’ana izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi “Yoshlar kuni” doirasida bankimizning hamkor oliy ta’lim muassasasi – Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti professional psixologlari ishtirokida “Team building” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda bankimizning 80 nafardan ortiq faol, tashabbuskor va intiluvchan yoshlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar jamoalarga bo’lingan holda turli interaktiv va psixologik mashqlarni bajarib, jamoaviy hamjihatlik, yetakchilik ko’nikmalari va o’zaro ishonch muhitini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’ldi.

Ko’tarinki ruhda o’tgan tadbir yoshlarimizning kommunikativ ko’nikmalarini rivojlantirish, jamoaviy ishlash samaradorligini oshirish va o’zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga xizmat qildi. Eng muhimi, har bir ishtirokchi o’z imkoniyatlarini yangi rakursda kashf etish, hamkasblarini yaqinroq tanish va umumiy maqsad atrofida birlashish tajribasini his etdi.

Yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro’yobga chiqarish va zamonaviy fikrlaydigan, raqobatbardosh professional jamoani shakllantirish O’zsanoatqurilishbank kadrlar siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Shu bois bunday tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilib boriladi.





Boshqa yangiliklar

05/08/2026 10:43:19 am
Yoshlar va rahbarlar: istiqbolli gʻoyalar yuzlashganda

Mamlakatimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, uning doirasida ra ...

05/07/2026 11:10:21 am
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati tarkibidagi oʻzgarishlar yuzasidan turlicha talqinla ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.05.2026 14:37  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит