
Mamlakatimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, uning doirasida rahbarlar va yoshlar oʻrtasida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
SQB tomonidan navbatdagi uchrashuv Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida oʻtkazildi. Unda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Samarqand bank xizmatlari ofisi rahbariyati talaba-yoshlar bilan muloqot qildi.
Tadbir davomida yoshlarning gʻoya va tashabbuslari tinglanib, ularni tayyor biznes loyihasiga aylantirish hamda bank tomonidan moliyalashtirish imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, bank sohasidagi yangiliklar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida tushunchalar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish va kelajakka ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati tarkibidagi oʻzgarishlar yuzasidan turlicha talqinla ...
Ijtimoiy tarmoqlarda bank xizmat tariflari yuzasidan eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyid ...
Bugungi kunda turizm sohasi iqtisodiyotning eng muhim drayverlaridan biriga aylanib bormoqda. Ushbu yo‘nalish naf ...

