Joriy yilning 4-7 may kunlari Oʻzsanoatqurilishbank delegatsiyasi Evropa Ittifoqining Italiya, Fransiya hamda Germaniya davlatlarida xizmat safarida boʻldi.
Tashrif yakuni boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 230mln AQSH dollaridan ortiq kelishuvlarga erishildi.
Delegatsiya tomonidan “Deutsche Bank”, “Commerzbank”, “AKA Bank”, “ODDO BHF”, “UniCredit” hamda Evropaning boshqa yetakchi moliya institutlari bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Uchrashuvlar 2025 yilda boʻlib oʻtgan birinchi “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” sammiti yakunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Evropa Ittifoqi oʻrtasidagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimdoirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
Muloqotlar davomida Evropa moliya institutlari bilan uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlash, mamlakat moliya bozoriga yangi investorlarni jalb qilish hamda ustuvor investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralarda Oʻzsanoatqurilishbankda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, investitsiya va savdoni moliyalashtirish loyihalari, chakana xizmatlarni rivojlantirish, kapital bozorlari hamda bank-moliya tizimidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Erishilgan kelishuvlar doirasida jalb qilinadigan mablagʻlar savdoni qoʻllab-quvvatlash, kichik va oʻrta biznes subyektlarini moliyalashtirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratishga yoʻnaltiriladi.
Mamlakatimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, uning doirasida ra ...
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati tarkibidagi oʻzgarishlar yuzasidan turlicha talqinla ...
Ijtimoiy tarmoqlarda bank xizmat tariflari yuzasidan eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyid ...

