SQB yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻydi


25.04.2026 10:29

SQB yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻydi

Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan “SQB School” korporativ taʼlim markazi tashkil etildi.

Markaz faoliyati quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:

Bank sohasi uchun xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash;

Yoshlarni sunʼiy intellekt (AI) imkoniyatlaridan samarali foydalanishga oʻrgatish orqali ularni eng talabgir va kuchli mutaxassislar sifatida shakllantirish;

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan yaqin hamkorlikda iqtidorli yoshlarni bank tizimiga tizimli ravishda jalb qilish;

Xodimlarning malakasini oshirish orqali mijozlarga xizmat koʻrsatishning sifat darajasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish;

Xalqaro tajribani qoʻllagan holda xodimlarning kasbiy mahoratini muntazam rivojlantirib borish.

Markazning ramziy ochilish marosimida uning taʼlim modeli, zamonaviy infratuzilmasi hamda kelgusi rivojlanish yoʻnalishlari taqdim etildi.

SQB School” – bu shunchaki korporativ loyiha emas, balki yangicha fikrlaydigan, raqamli dunyo bilan «tillasha oladigan» professional mutaxassislar avlodini shakllantirishga qaratilgan tizimli yondashuvdir. Bu qadam nafaqat bank tizimi, balki milliy iqtisodiyotimizning global bozorda raqobatbardoshligini oshirishda mustahkam zamin boʻlib xizmat qiladi.







Boshqa yangiliklar

06/24/2026 09:51:23 am
“SQB Investor Day”: global moliya institutlari va investorlar bilan ochiq muloqot

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ...

06/22/2026 04:19:10 pm
Oʻzsanoatqurilishbank Fargʻonada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan hudud ...

06/19/2026 02:39:36 pm
“Mehr ulashamiz” volontyorlik aksiyasi o‘tkazildi

Navbatdagi “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan 2-sonli “Muruvvat” nogironli ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.04.2026 10:30  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит