Yangilik va takliflarni muntazam kuzatib boring!
Navbatdagi “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan 2-sonli “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida “Mehr ulashamiz” volontyorlik aksiyasi tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi vakillari, SQB rahbariyati, bankning yosh xodimlari hamda Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti va Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti talaba-yoshlari volontyor sifatida ishtirok etdi.
Aksiya davomida volontyorlar tomonidan muassasa hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar bilan samimiy muloqotlar tashkil etilib, turli qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari bolajonlarga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ular bilan mazmunli vaqt o‘tkazdilar.
Tadbir yakunida ko‘ngillilik faoliyatining jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlar orasida insonparvarlik, mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat qadriyatlarini mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
“Mehr ulashamiz” aksiyasi yoshlar o‘rtasida volontyorlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ijtimoiy mas’uliyat hissini kuchaytirish hamda jamiyatda ezgulik va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zsanoatqu ...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “ITCO” MChJ bilan tuzilgan mazkur shartnoma amaldagi qonunchilik talablariga muvo ...
Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Bosh ofisida “Xalqaro kapitalni jalb qilish va milliy iqtisodiyot ...

