SQB Silk Road Finance & Technology Forum’da sun’iy intellekt transformatsiyasi tajribasini taqdim etdi


26.08.2026 10:12

SQB Silk Road Finance & Technology Forum’da sun’iy intellekt transformatsiyasi tajribasini taqdim etdi

Joriy yilning 24-26-avgust kunlari Toshkent shahrida “Silk Road Finance & Technology Forum” bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Global Finance & Technology Network”(GFTN) hamkorligida tashkil etilgan xalqaro tadbir moliya va texnologiyalar sohasidagi yetakchi ekspertlar, regulyatorlar, investorlar hamda moliya institutlari vakillarini bir maydonda jamladi.

Forum doirasida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) sun’iy intellekt texnologiyalarini bank faoliyatiga keng joriy etish bo‘yicha o‘z tajribasini taqdim etdi.

Bankning Sun’iy intellekt bo‘yicha bosh direktori Sergey Kozlov “Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan bankni shakllantirish: SQBning Markaziy Osiyo miqyosidagi AI-transformatsiyasi” (Building an AI-Driven Bank: SQB’s AI Transformation at Scale in Central Asia) mavzusidagi taqdimotida SQBda sun’iy intellekt transformatsiyasining amaliy natijalari va AI yechimlarini bank miqyosida rivojlantirish modelihaqida so‘z yuritdi.

image2.jpeg

SQBda bu jarayon alohida AI loyihalarini yaratish bilan cheklanmaydi. Bank ma’lumotlar, infratuzilma, texnologik vositalar va modellar, xodimlar salohiyati, biznes jarayonlari, korporativ madaniyat hamda boshqaruvni yagona transformatsiya tizimida rivojlantirmoqda.

So‘nggi olti oy davomida bankda korporativ AI strategiyasi va Enterprise AI Platform ishga tushirildi, turli biznes yo‘nalishlari uchun AI mahsulotlari ishlab chiqilmoqda. Hozirda 6 ta asosiy biznes yo‘nalishi ushbu jarayon bilan qamrab olingan, qariyb 2 ming xodimning raqamli ko‘nikmalari rivojlantirildi. Shuningdek, bankning AI infratuzilmasi va ma’lumotlar platformasini takomillashtirish, AI modellari bilan bog‘liq risklarni boshqarish tizimini shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Transformatsiyaning texnologik asosini SQB.Nova korporativ AI platformasi tashkil etadi. U faqat generativ sun’iy intellekt yoki chatbot bilan cheklanmay, xodimlar faoliyati, mijozlar bilan ishlash, ekspert tahlili, qaror qabul qilish va operatsion jarayonlarda turli AI yechimlarini yagona texnologik muhitda qo‘llashga mo‘ljallangan.

– Biz uchun AI-transformatsiya natijasi bankda nechta model yoki AI vositasi joriy etilgani bilan o‘lchanmaydi, deydiO‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi maslahatchisi sun’iy intellekt boyicha bosh direktor Sergey Kozlov. Asosiy mezonsun’iy intellekt bank jarayonlariga qanday amaliy samara berayotgani va ish samaradorligini qay darajada oshirayotganidir. Shu sababli biz alohida tajriba loyihalaridan ko‘ra, turli biznes yo‘nalishlarida qayta qo‘llash mumkin bo‘lgan yagona korporativ AI tizimini shakllantiryapmiz.

image3.jpeg

SQB.Nova’da shakllantirilgan texnologik komponentlar yangi AI mahsulotlarini yaratishda qayta qo‘llanadi. Natijada har bir yangi yechim avvalgi ishlanmalar, integratsiyalar va to‘plangan tajribaga tayanadi. Bu yangi mahsulotlarni bankning turli yo‘nalishlariga tezroq joriy etishga zamin yaratadi.

SQBning yondashuvida global AI texnologiyalarini mahalliy sharoitga – o‘zbek va rus tillariga, milliy tartibga solish talablari, axborot xavfsizligi hamda Markaziy Osiyo bank bozori xususiyatlariga moslashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

“Silk Road Finance & Technology Forum”da taqdim etilgan tajriba SQBda sun’iy intellekt alohida texnologik loyiha emas, balki bankning biznes jarayonlari, xodimlar faoliyati va qaror qabul qilish tizimini bosqichma-bosqich o‘zgartiruvchi korporativ transformatsiya vositasi sifatida rivojlantirilayotganini ko‘rsatdi





Boshqa yangiliklar

08/26/2026 10:34:39 am
SQB Qashqadaryoda mahallalar rivojiga e’tiborni kuchaytirmoqda

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida amaliy ishlar ketmoqda. Bu ...

08/25/2026 04:23:29 pm
SQB: tadbirkorlik loyihalari – ishlab chiqarish, eksport va yangi ish o‘rinlari

SQB: tadbirkorlik loyihalari – ishlab chiqarish, eksport va yangi ish ...

08/21/2026 12:55:35 pm
Andijonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.08.2026 10:18  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит