
Bugungi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari nafaqat texnologik trend, balki iqtisodiy oʻsish va davlat boshqaruvi samaradorligini belgilovchi asosiy drayverga aylandi.
Prezidentimiz tomonidan belgilangan "Raqamli Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish boʻyicha ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) va Yangi Oʻzbekiston universiteti hamkorligida "SQB AI Hachkathon" loyihasi tashkil etildi.
Ushbu tadbir shunchaki dasturchilar musobaqasi emas, balki bank tizimi va mamlakat iqtisodiyoti uchun amaliy qiymat yaratadigan intellektual yechimlar maydoniga aylandi.
Davlat strategiyasi ijrosi va innovatsion taraqqiyot
Xakatonning tashkil etilishi davlat siyosatining muhim yoʻnalishlari – yoshlarni yuqori texnologiyalar sohasiga jalb etish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va zamonaviy kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish bilan chambarchas bogʻliq. SQB yoshlar, iqtidorli dasturchilar va startap jamoalarni real iqtisodiy vazifalarni hal etishga jalb qilish orqali mamlakatimizda innovatsion muhitni shakllantirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Bu kabi tashabbuslar bankning ijtimoiy masʼuliyatini tasdiqlab, uni nafaqat moliyaviy institut, balki ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalar markazi sifatida namoyon etadi.

Iqtisodiy samaradorlik va amaliy yechimlar
Tanlov yakunlariga koʻra aniqlangan gʻolib loyihalar bank amaliyotida mavjud boʻlgan murakkab vazifalarni optimallashtirishga qaratilgani bilan ajralib turdi:
Birinchi oʻrin sohiblari tadbirkorlar uchun hududiy tahlilga asoslangan qaror qabul qilish platformasini taqdim etdilar. Ushbu yechim biznesni qayerda va qaysi yoʻnalishda ochish samarali ekanini aniqlash imkonini berib, investitsiyaviy xatarlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Ikkinchi oʻrin loyihasi bankomatlar tarmogʻini boshqarishda naqd pul aylanmasi va inkassatsiya logistikasini sunʼiy intellekt yordamida samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan. Bu bankning operatsion xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Uchinchi oʻrin egalari hududlardagi raqobat va isteʼmol talabini tahlil qilib, yangi biznes imkoniyatlarini tavsiya etuvchi algoritmni ishlab chiqdilar.
Yangi bosqich: Texnologik ekotizim sari

SQB bugungi kunda sunʼiy intellekt yordamida mijozlar ehtiyojini aniq tahlil qilish va shaxsiylashtirilgan takliflarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Maqsad – raqamli xizmatlarni soddalashtirish va mijozlarga koʻrsatilayotgan servis sifatini yangi bosqichga olib chiqishdir.
"SQB AI Hachkathon" natijalari sunʼiy intellekt resurslarni samarali taqsimlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashda cheksiz imkoniyatlar ochishini koʻrsatdi.
Eng muhimi, ushbu loyihalarning kelgusida bank amaliyotiga tatbiq etilishi mijozlar uchun qoʻshimcha qiymat yaratish va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash barobarida, SQB’ni tahlil va innovatsiyalarga tayanadigan zamonaviy texnologik ekotizimga aylantirish yoʻlidagi qatʼiy harakat boʻlib xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallardan birida "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB faoliyati va bank rahbariyati tomonidan qab ...
Bugun mamlakatimiz boʻylab buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng ni ...
Joriy yilning 18-19-aprel kunlari bo’lib o’tgan tadbir yoshlar orasida FinTech va EdTech yoʻnalishlarida innovats ...

