“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati


10.07.2026 14:19

Ijtimoiy tarmoqlardan birida kredit qarzdorligi yuzasidan murojaat e’lon qilgan fuqaro S.A.ning chiqishi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Murojaatda keltirilgan vajlar bank tomonidan amaldagi qonunchilik talablari hamda kredit shartnomalari shartlaridan kelib chiqqan holda batafsil o‘rganildi.

Aniqlanishicha, murojaatchiga 2024-yilda uchta mikrokredit ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar mazkur kreditlar bo‘yicha qarzdorlik to‘liq so‘ndirilmagan.

Jumladan, 7 282 200 so‘m va 2 000 000 so‘m miqdoridagi mikrokreditlar bo‘yicha sud buyruqlari asosida Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro ishlari yuritilmoqda.

Shuningdek, mazkur kredit shartnomalari bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalariga muvofiq sug‘urta kompaniyasi tomonidan bank foydasiga sug‘urta tovoni to‘langan.

Sug‘urta kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan mazkur to‘lovlar kredit shartnomalari hamda amaldagi tartiblarga muvofiq qarzdorlikni qisman qoplashga yo‘naltirilgan.

Biroq mazkur mablag‘lar qarzdorlikni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmaganligi sababli sud hujjatlarida belgilangan majburiyatlar o‘z kuchida qolgan hamda Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.

Kredit bo‘yicha foizlar hisoblanishi masalasida shuni ta’kidlash lozimki, amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq mikrokredit shartnomalari bo‘yicha sud hujjati qabul qilinganidan keyin ham kredit shartnomasida nazarda tutilgan foizlar hamda jarima (neustoyka) hisoblanishi davom ettiriladi.

Shu munosabat bilan, mazkur holatda foizlar hisoblanishini to‘xtatish uchun huquqiy asos mavjud emas.

Shu bilan birga, murojaatchiga bankning mas’ul xodimlari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari, kredit shartnomalari shartlari, qarzdorlik holati, sug‘urta to‘lovlarining hisobga olinishi hamda ijro jarayoniga oid masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan.



Boshqa yangiliklar

08/14/2026 09:43:50 am
Milliy libos – qadriyatlarimiz ifodasi

Har juma O‘zsanoatqurilishbankda “Milliy liboslar kuni” sifatida o‘tkaziladi. Milliy liboslarimizda ...

08/12/2026 04:08:23 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga murojaat yuborish tartibi

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! O‘zsanoatqurilishbankka ariza, taklif va shikoyatlaringizni og‘zaki, yo ...

08/11/2026 12:31:51 pm
MAHALLA BANKIRI: RAQAMLAR ORTIDAGI INSONLAR TAQDIRI

So‘nggi yillarda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mahalla bankirlari faoliyati kengaytiril ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.07.2026 09:20  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит