Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallardan birida "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB faoliyati va bank rahbariyati tomonidan qabul qilingan kadrlar siyosatiga oid xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
SQB tizimida xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga oʻtkazish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda bankning ichki korporativ boshqaruv qoidalariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Har bir rahbar xodimning faoliyati KPI (muhim samaradorlik koʻrsatkichlari) va xizmat intizomi asosida baholab boriladi.
Bank boshqaruvi raisining hududiy tarmoqlarga tashrifidan koʻzlangan asosiy maqsad mijozlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Kadrlar bilan bogʻliq har qanday buyruq yoki qarorni qabul qilishda shaxsiy munosabatlarga emas, balki xizmat tekshiruvi xulosalariga tayaniladi.
Bank rahbariyati xodimlar orasida sogʻlom ishchi muhitini qoʻllab-quvvatlaydi. Shu oʻrinda, asoslanmagan va shaxsiyatga qaratilgan maʼlumotlarni tarqatish korporativ etika qoidalariga zid ekanligini qayd etib oʻtamiz.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalar tomonidan ichki oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Bank faoliyatiga oid asosli tanqidiy fikrlar doimo inobatga olinadi va kamchiliklarni tizimli ravishda bartaraf etish choralari koʻriladi.
Bugungi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari nafaqat texnologik trend, balki iqtis ...
Bugun mamlakatimiz boʻylab buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng ni ...
Joriy yilning 18-19-aprel kunlari bo’lib o’tgan tadbir yoshlar orasida FinTech va EdTech yoʻnalishlarida innovats ...

