
Joriy yilning 21-iyul kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur topshiriqlar ijrosi hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida joriy yilning 20–23-iyul kunlari O‘zsanoatqurilishbank mas’ul xodimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, shuningdek, Taxiatosh va Qo‘ng‘irot tumanlaridagi “og‘ir” toifadagi mahallalarda sharoitlar o‘rganildi.

Kambag‘allik ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Bandligini ta’minlash, ishga joylashtirish hamda imtiyozli kreditlar orqali daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amaliy takliflar berildi. Jumladan, Taxiatosh tumanining “Aydin yo‘l” MFYda istiqomat qiluvchi Abdujamilova To‘xtagul Abibullayevnaga uy sharoitida non va pishiriqlar tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun elektr pechka topshirildi.
Qo‘ng‘irot tumanining “Xanjap” MFYda yashovchi Yeshbayeva Shiringul Berdimuratovna hamda Satenova Janar O‘temisovnalarga tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish va qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida 10 donadan tovuq berildi.
Tashrif davomida mahalla faollari va aholi ishtirokida hashar yo‘li bilan hududlarni obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirildi.
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) hamda Huawei kompaniyasi sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va bank infratuzilm ...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektordagi topshirig‘i asosida ma ...
Xalqaro “Sustainable Fitch” agentligi O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning korporativ ESG reytingini “3” darajadan “2” ...

