Ayollar tadbirkorligi: g‘oyadan real iqtisodiy qiymatgacha


21.04.2026 12:28

Ayollar tadbirkorligi: g‘oyadan real iqtisodiy qiymatgacha

Mamlakatimizda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Joriy yil 6-mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentimiz ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda mazkur yo‘nalishda aniq ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Xususan, joriy yilda 1,5 million xotin-qizni daromadli qilish, shundan 400 ming nafarini tadbirkorlikka jalb etish hamda bu maqsadlar uchun 25 trillion so‘mdan ortiq resurs yo‘naltirish rejalashtirilgan.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Buxoro shahrida tashkil etilgan biznes-trening mazkur vazifalar ijrosiga qaratilgan amaliy tashabbuslardan biri hisoblanadi.

Ayollar tadbirkorligi nafaqat shaxsiy daromad manbai, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim omildir. Ular tomonidan tashkil etilgan bizneslar yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Biroq sohadagi asosiy to‘siqlardan biri – moliyaviy resurslarning cheklanganligidir. Ko‘plab xotin-qizlarda g‘oya va tashabbus mavjud bo‘lsa-da, uni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ va amaliy tajriba yetishmaydi.

– Ayni paytda ayollar tadbirkorligidagi asosiy muammolar – moliyaviy resurslar yetishmasligi va amaliy tajribaning kamligidir, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mutaxassisi Feruza Shermatova. – Shu bois, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, xususan, kredit dasturlari muhim ahamiyatga ega. Bank tomonidan taklif etilayotgan “Hamroh” dasturi doirasida tadbirkor ayollar uchun qulay shartlar yaratilgan. Kredit foiz stavkasi yillik 23 foizni tashkil etib, asosiy vositalar uchun 7-yilgacha, aylanma mablag‘lar uchun esa 18 oygacha ajratiladi. Imtiyozli davr esa biznesni yo‘lga qo‘yishda qo‘shimcha imkoniyat beradi.
DSC07404.JPG

Kredit miqdori yaratiladigan ish o‘rinlari soniga bog‘liq holda oshirilib, yirik loyihalar uchun bir necha milliard so‘mgacha yetishi mumkin. Bu esa turli bosqichdagi ayollar tadbirkorligini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

Davlat miqyosida ham yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Jumladan, “Daromadli ayol” dasturi doirasida 50 ming xotin-qizning bandligi ta’minlanishi, “Hamroh” dasturi orqali 3 mingta biznes loyihasiga 1 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Shuningdek, 166 ming nafar xotin-qiz zamonaviy kasb va tadbirkorlikka, 100 ming nafari esa axborot texnologiyalariga o‘qitilishi rejalashtirilgan.

Tadbir davomida muvaffaqiyatli tadbirkor ayollar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

– Tadbirkorlik ayollarga moliyaviy mustaqillik beradi, – deydi O‘zbekiston “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar” birlashmasi boshqaruv raisi Mamlakat Sodiqova. – Ular o‘z daromad manbaini yaratadi, iqtisodiy jihatdan erkin bo‘ladi va jamiyatdagi faolligi oshadi. Moliyaviy va huquqiy savodxonlik esa g‘oyalarni ishonch bilan amalga oshirish imkonini beradi.

Buxoroning an’anaviy hunarmandchiligi ham ayollar tadbirkorligida muhim o‘rin tutadi.

– Zardo‘zlik biz uchun oddiy hunar emas, balki avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan meros, – deydi Habiba aya Baxranova. – Bugun uni oilamiz bilan davom ettirib, ushbu san’atni asrab-avaylab kelmoqdamiz. Zardo‘zlik – sabr, nafosat va yuksak mahoratini talab etadigan san’at bo‘lib, o‘z qadrini yo‘qotmaydi.

Zamonaviy yo‘nalishlarda ham ayollar faol ishtirok etmoqda.

– Buxoro turizm markazi sifatida mehmonxona biznesi uchun katta imkoniyatlarga ega, – deydi “Khanuma Service” oilaviy korxonasi asoschisi Xanuma Tojiyeva. – “Bibikhonim” mehmonxonasini kichik hajmda boshlagan bo‘lsak, bugun uni 300 o‘rindan ortiq quvvatga yetkazdik. Tadbirkorlik ayollar uchun nafaqat daromad manbai, balki yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Trening doirasida ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini aniq biznes rejalarga aylantirish ustida ish olib bordi. Jumladan, bolalar o‘yingohlari, sut mahsulotlarini qayta ishlash, buxgalteriya konsaltingi, xususiy ta’lim muassasalari va psixologik markazlar tashkil etishga oid loyihalar ishlab chiqildi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, xotin-qizlarning tadbirkorlikdagi faol ishtiroki iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning muhim omilidir. Davlat siyosatining izchilligi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va ayollarning ichki salohiyati uyg‘unlashgan holda, ayollar tadbirkorligi bugun real iqtisodiy qiymat yaratayotgan va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim drayverlaridan biriga aylanmoqda.





Boshqa yangiliklar

04/16/2026 03:35:08 pm
SQB tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar xavfsizlikni mustahkamlash, raqamlashtirishni kengaytirish va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amalga oshirilgan ayrim xaridlar yuzasidan fikr-muloha ...

04/10/2026 10:26:49 am
SQB: yoshlar – yangi iqtisodiyot va innovatsiyalar drayveri

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...

04/09/2026 11:24:04 am
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomala ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.04.2026 12:29  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит