SQB Yuridik departamentining Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan ishlash xizmati bosh menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


29.07.2026 15:19

Agar siz sud-huquq amaliyotida tajribaga ega bo‘lsangiz, bank manfaatlarini sud va boshqa davlat organlarida himoya qilish hamda murakkab huquqiy masalalarni hal etishda ishtirok etishni istasangiz - sizni jamoamizda kutamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Mehnat, davlat xaridlari, raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va bank ishtirokidagi boshqa nizolar bo‘yicha da’vo ishlarini yuritish.
• Sud-tergov jarayonlari, barcha sud instansiyalari hamda boshqa tashkilotlarda Bank manfaatlarini himoya qilish.
• Majburiy ijro jarayonlarida ishtirok etish va ijro harakatlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishini nazorat qilish.
• Tegishli bo‘linmalar bilan hamkorlikda Bankning debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish.
• Bank siri va tijorat siriga oid ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha so‘rovlarning qonuniyligi yuzasidan huquqiy xulosa tayyorlash.
• Xizmat tekshiruvlari va boshqa tekshiruvlarda ishtirok etish.
• Xizmat faoliyatiga oid boshqa vazifalarni bajarish.


 Talablar:
• Oliy yuridik ma’lumot.
• Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Mehnat, fuqarolik, davlat xaridlari, bank va moliya qonunchiligini yaxshi bilish.
• Fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat, ma’muriy protsessual hamda sud-ijro qonunchiligini bilish.
• Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, sudyalik yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ish tajribasi hamda mehnat nizolari bo‘yicha amaliy tajriba ustunlik beradi.
• O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish.
• Tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash va yozma hamda og‘zaki muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.


 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 31.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

07/30/2026 05:50:49 pm
SQB Toshkent viloyati bank xizmatlari ofisiga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...

07/29/2026 05:55:52 pm
SQB Sirdaryo BXO Universal servis menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish hamda oper ...

07/29/2026 05:44:09 pm
SQB Loyiha boshqaruvi departamentining Loyihalar portfelini boshqarish xizmati yetakchi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz loyiha boshqaruvi sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz, strategik tashabbuslarni ama ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.07.2026 15:20  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит