SQB Undiruv markazi Mintaqaviy undiruv strategiyalarini bajarilishini hamda natijadorligini taʼminlash xizmati katta menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
24.07.2026 16:45
Muammoli kreditlar bilan ishlash, undiruv strategiyalarini ishlab chiqish va hududiy tarmoqlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tajribangiz bo‘lsa, sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Muammoli qarzdorlikni undirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
• Jismoniy va yuridik shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorligini undirish jarayonlarini tashkil etish va nazorat qilish.
• Hududlarda undiruv tadbirlarini muvofiqlashtirish va xizmat faoliyatini nazorat qilish.
• Sud tartibida undirish uchun hujjatlarni tayyorlash hamda yuridik xizmat bilan hamkorlik qilish.
• Muammoli qarzdorlikni kamaytirish va undiruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Muammoli aktivlar va muddati o‘tgan qarzdorlik ro‘yxatini yuritish hamda nazorat qilish.
• iABS va boshqa axborot tizimlarida ma’lumotlarning dolzarbligini nazorat qilish.
• Davlat organlari, sudlar va Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlik qilish.
• Tahliliy hisobotlar, xizmat yozishmalari va rasmiy hujjatlarni tayyorlash.
Talablar:
• Oliy iqtisodiy va/yoki yuridik ma’lumot.
• Bank tizimida kamida 3 yillik ish tajribasi.
• Muammoli qarzdorlikni undirish va muammoli aktivlar bilan ishlash jarayonlarini bilish.
• Bank faoliyatiga oid qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlarini bilish.
• Sud tartibida undiruv va ijro ishlarini yuritish bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
• Microsoft Office dasturlarini (Excel, Word, PowerPoint) yaxshi bilish.
• iABS bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.
• O‘zbek va rus tillarini erkin bilish.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 27.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

64
Boshqa yangiliklar