Aholini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik loyihalarini rivojlantirish va davlat dasturlari doirasidagi loyihalar bilan ishlashga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Aholini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari doirasidagi vazifalar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish.
• Davlat, hududiy va tarmoq dasturlariga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish.
• Loyihalar bo‘yicha kredit mablag‘larining o‘z vaqtida ajratilishini nazorat qilish.
• Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va ajratilgan kreditlar bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish.
• Istiqbolli biznes loyihalarni o‘rganish va hududda yangi loyihalarni shakllantirishda ishtirok etish.
• Amalga oshirilgan loyihalar ko‘rsatkichlarini monitoring qilish.
• Loyihalarni joyiga chiqib o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarida ishtirok etish.
• Fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.
• Biriktirilgan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganish va aholi muammolarini aniqlash.
• “Crobs” axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish va yangilash.
• Bank bo‘linmalari va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.
Talablar:
• Oliy iqtisodiy ma’lumot.
• Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Bank qonunchiligi va ichki me’yoriy hujjatlarni bilish.
• Kreditlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
• Hujjatlar, hisobotlar va tahliliy ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
• MS Office dasturlarini yaxshi bilish.
• Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish.
• Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik va diqqatlilik.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 30.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.
Asosiy vazifalar: • Yangi yuridik mijozlar va YTTlarni jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish. • Sovuq ...
Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish va bankning kassa intizo ...
Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va m ...

