SQB Toshkent shahar BXOga kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi


18.09.2026 09:56

Jismoniy shaxslarga bank mahsulotlari bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish, kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish va mijozlar bilan samarali ishlashga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Jismoniy shaxslarga bankning kredit mahsulotlari va boshqa chakana bank xizmatlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot taqdim etish.
• Mijozlarning kreditga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va ularga mos kredit mahsulotlarini taklif etish.
• Kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish.
• Kredit arizalarini bankning axborot tizimlariga kiritish hamda kredit ajratish jarayonini belgilangan tartibda amalga oshirish.
• Kredit shartnomalarini rasmiylashtirish, mijozlarga kredit shartlari, to‘lov jadvali va majburiyatlari bo‘yicha tushuntirish berish.
• Ajratilgan kreditlar bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildini shakllantirish, yuritish va saqlash.
• Mijozlarning murojaatlari, taklif va e’tirozlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
• Bankning chakana kredit mahsulotlarini targ‘ib qilish, yangi mijozlarni jalb etish va belgilangan KPI ko‘rsatkichlariga erishish.
• Bankning ichki me’yoriy hujjatlari, amaldagi qonunchilik hamda bank siri bilan bog‘liq talablarga qat’iy rioya qilish.
• Rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Bankning chakana mahsulotlari va kreditlash jarayonlari bo‘yicha bilim.
• Mijozlar bilan ishlash va muzokaralar olib borish ko‘nikmalari.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

09/18/2026 03:00:49 pm
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisining yuridik mijozlar kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Yangi yuridik mijozlar va YTTlarni jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish. • Sovuq ...

09/18/2026 02:59:59 pm
SQB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi Kassa amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Universal kassir lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini ko‘rsatish, naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish va bankning kassa intizo ...

09/18/2026 02:56:22 pm
SQB Olmaliq BXMga Biznes menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Agar siz bank mahsulotlarini faol sotish, biznes mijozlar bilan ishlash va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qi ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.09.2026 14:59  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит