SQB Al-Xorazmiy bank xizmatlari markazi boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
15.07.2026 12:44
Bank tizimida boshqaruv tajribasiga ega, jamoani samarali boshqara oladigan, biznes jarayonlarini rivojlantirish va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Bank Boshqaruvi Raisi tomonidan berilgan ishonchnoma asosida o‘ziga berilgan huquq va vakolatlar doirasida faoliyat yuritish.
• BXMda mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, bank xizmatlari parametrlari, biznes jarayonlari hamda bankning ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
• Bank Boshqaruvi, BXM boshqaruvchisi hamda Bank tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tomonidan berilgan topshiriqlar va belgilangan biznes-reja ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlash.
• Bankning rivojlanish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va nazorat qilish.
• BXM faoliyatini samarali tashkil etish hamda vakolat doirasidagi masalalarni hal etish.
• Jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini muvofiqlashtirish, muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish.
• Bank rahbariyatiga faoliyat natijalari bo‘yicha hisobotlar va takliflar taqdim etish.
• Amaldagi qonunchilik va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida 5 yillik ish tajribasi.
• Bank tizimida boshqaruv va biznes jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tajriba.
• Strategik boshqaruv tamoyillarini bilish.
• Jamoani boshqarish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari.
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 17.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

119
Boshqa yangiliklar