SQBdan yangi imkoniyat — «Kafolat-3» maqsadli ipoteka omonati


09.07.2026 17:34

Hurmatli mijozlar!

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomaga ega fuqarolar uchun milliy valyutadagi «Kafolat-3» jamg‘arma omonatining yangi shartlari joriy etilganini ma’lum qilamiz.

Omonat ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni shakllantirish uchun mo‘ljallangan. Foiz stavkasi yillik 15%, omonat muddati — 12 oy, omonat miqdori esa ajratilishi rejalashtirilayotgan ipoteka krediti summasining 15 foizini tashkil etadi.

Omonatning afzalliklari:

✅ foiz stavkasi — yillik 15%;

✅ ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni shakllantirish;

✅ omonatni mijozning o‘z mablag‘lari va davlat subsidiyasi mablag‘lari hisobidan shakllantirish imkoniyati;

✅ ipoteka krediti ajratish rad etilganda yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda, mablag‘lar to‘liq saqlangan oylar uchun yillik 15% stavkada foiz to‘lanadi;

✅ jamg‘arilgan mablag‘lar ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni shakllantirishga yo‘naltiriladi.

Yangi shartlar 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha ochilgan maqsadli ipoteka omonatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari, www.sqb.uz sayti yoki Bankning eng yaqin ofislaridan olishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

07/09/2026 05:46:55 pm
«Kichik biznes» va «Ishonch» mahsulotlari shartlaridagi o‘zgarishlar

Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan amaldagi «Kichik biznes» ...

07/09/2026 02:08:42 pm
Omonat mahsulotlari qatoridagi o‘zgarishlar

Hurmatli mijozlar! 2026-yil 20-iyuldan boshlab jismoniy shaxslar uchun quyidagi o ...

07/08/2026 10:52:33 pm
Biznes uchun bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘lj ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 09.07.2026 17:42  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит