“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan joriy yilning 24-iyul kuni Jizzax viloyatida tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot oʻtkaziladi.
Mazkur uchrashuv doirasida bank faoliyatida korrupsiya va ortiqcha byurokratik holatlarning oldini olish, shaffoflik hamda ochiqlikni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va mulohazalarni oʻrganish rejalashtirilgan.
Tadbirga hududdagi barcha tadbirkorlar taklif etiladi.
Manzil: Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 7-uy (“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Jizzax bank xizmatlari ofisi binosi).
Vaqti: 2026-yil 24-iyul, soat 15:00
Aloqa uchun: +998 97 325 70 01
Hurmatli mijozlar! «Refinans» va «Kichik biznes» kredit mahsulotlari shartlari yangilangani, shunin ...
Hurmatli mijozlar! Birlamchi va ikkilamchi ko‘chmas mulk bozoridan uy-joy sotib olish uchun mo‘ljal ...
Hurmatli mijozlar! Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan SQB aloqa markazi faoliyatida vaqt ...

