SQB Mobile va SQB Business ilovalarida rejalashtirilgan texnik ishlar olib boriladi
10.07.2026 20:19 Hurmatli mijozlar!
O'zsanoatqurilishbankning mobil xizmatlari xavfsizligi va foydalanuvchilar ma’lumotlarini yanada ishonchli himoya qilish maqsadida 2026-yil 11-iyul kuni soat 21:00 dan boshlab SQB Mobile va SQB Business ilovalarida rejalashtirilgan texnik ishlar amalga oshiriladi.
Shu sababli, ushbu vaqt oralig‘ida xizmatlar faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Texnik ishlar yakunlangach, barcha tizimlar odatdagi tartibda ishlashni davom ettiradi.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

33
Boshqa yangiliklar