SQB ipoteka va mikroqarzlarni qayta moliyalashtirishni taklif etadi


28.09.2026 12:57

Hurmatli mijozlar!

Endilikda SQB orqali boshqa tijorat bankida rasmiylashtirilgan ipoteka krediti yoki mikroqarz bo‘yicha asosiy qarz qoldig‘ini qayta moliyalashtirish mumkin.

Kredit mablag‘lari asosiy qarzni so‘ndirish uchun dastlabki bankka o‘tkaziladi. Hisoblangan foizlar, penya, jarima va dastlabki bank oldidagi boshqa majburiyatlar qayta moliyalashtirilmaydi.

Ipoteka kreditini qayta moliyalashtirish

  • Toshkent shahridagi uy-joylar uchun — 1 mlrd so‘mgacha; boshqa hududlarda — 550 mln so‘mgacha.
  • Kredit muddati — 15 yoki 20 yilgacha.
  • Foiz stavkasi: 15 yilgacha — yillik 21,5%; 20 yilgacha — yillik 22%.
  • Boshlang‘ich badal talab etilmaydi. Bunda kredit summasi uy-joyning kelishilgan qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim.

Mikroqarzni qayta moliyalashtirish

  • Miqdori — asosiy qarz qoldig‘i doirasida, 100 mln so‘mdan oshmagan holda.
  • Muddati — 36 oygacha.
  • Ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun: 12 oyga — 21%, 24 oygacha — 22%, 36 oygacha — 23%.
  • Rasmiy daromadga ega mijozlar uchun: 12 oyga — 22%, 24 oygacha — 23%, 36 oygacha — 24%.

Qarz oluvchilarga qo‘yiladigan talablar va kerakli hujjatlar haqida batafsil ma’lumotni 1180 raqami orqali, www.sqb.uz saytida yoki Bankning eng yaqin ofisida olish mumkin.





Boshqa yangiliklar

09/28/2026 06:15:07 pm
«SQB CARD FEST» aksiyasi: Mastercard yoki Uzcard SQB kartasi bilan xaridlarni amalga oshiring va sovrinlar o‘yinida qatnashing

Hurmatli mijozlar! 2026-yil 21-sentabrdan 20-dekabrgacha «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Bank tomonidan ...

09/28/2026 05:19:03 pm
HURMATLI MIJOZLAR!

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga ariza, taklif va shikoyatlaringizni og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda yuborishingiz mum ...

09/28/2026 04:20:28 pm
“SQB Plus” obunasi bo‘yicha muhim ma’lumot

Hurmatli mijozlar! “SQB Plus” xizmatlar paketining 30 kunlik obuna narxi 35 000 so‘mni tashkil etadi. ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.09.2026 17:59  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит