“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati


11.06.2026 14:53

Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahridagi Kombinat bozori hududida o‘rnatilgan O‘zsanoatqurilishbankning 24/7 xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ichida stol va stullar saqlanayotgani yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur 24/7 shoxobcha aholi uchun bank xizmatlari va bankomatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yaqinda o‘rnatilgan. Shoxobchani foydalanishga tayyorlash jarayonida olib borilgan montaj, sozlash va texnik ishlar vaqtida foydalanilgan stol va stullar vaqtincha joylashtirilgan bo‘lib, ishlar yakunlangach olib chiqib ketilgan.

Qayd etish joizki, ayni paytda Kombinat bozori hududidagi SQBning 24/7 shoxobchasida 3 ta bankomat faoliyat yuritmoqda. Aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ushbu hududda yana bir 24/7 shoxobcha tashkil etilib, unga qo‘shimcha 3 ta bankomat o‘rnatilmoqda. Mazkur yangi 24/7 shoxobchasini joriy yil 18-iyun kuni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Bank tomonidan mijozlarga qulay va zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etish hamda bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.






Boshqa yangiliklar

07/29/2026 12:01:56 pm
SQBning ayrim bankomatlarida texnik ishlar olib borilmoqda

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan ayrim bankomatlarda internet aloqasini barqarorlashtirish, yangi dast ...

07/28/2026 11:55:23 am
«Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalari to‘xtatilishi

Hurmatli mijozlar! «Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalari tizimi orqali operatsiyalar to‘xtatilganini m ...

07/28/2026 11:53:58 am
SQB ning ayrim hududlardagi bankomatlarida texnik ishlar olib borilmoqda

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan ayrim bankomatlarda dasturiy ta’minotni yangilash hamda texnik modern ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 12.06.2026 08:47  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит