Hurmatli mijozlar!
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB mamlakat bank sektorida ilk bor korporativ mijozlar, kompaniyalar va tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy Electron Trading elektron platformasini ishga tushirmoqda.
Platformaning imkoniyatlari:
Jahon moliyaviy bozorlarida amal qilayotgan xorijiy valyuta kurslariga real vaqt rejimida ulanish;
Onlayn bitimlarni amalga oshirish;
Bozor o‘zgarishlariga tezkor javob berish;
Valyuta xatarlarini samarali boshqarish.
Yangi xizmat biznesga shaffoflikni ta’minlash, tezkorlikni oshirish va ishonchli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Asosiy maqsadimiz — mijozlarimizni zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan ta’minlab, ularning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashdir. Ushbu tashabbus yana bir bor “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning innovatsiyalarga sadoqatini va biznesni qo‘llab-quvvatlashdagi doimiy harakatini tasdiqlaydi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Toshkent viloyati, Angren shahri, Buston MFY, Alisher Navoiy ko‘chasida, An ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi, “Zafaron” mehmonxonasi binosida joyl ...
Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan amaldagi «REFINANS» kredi ...

