HOSILDOR ZAMIN

  • Kredit shartlari
  • Kerakli hujjatlar


Mahsulotni taqdim etishning asosiy shartlari


Maqsadi

1.  Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish. 

2.  Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga - yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun “revolver” kreditlar ajratilishi mumkin.


Valyutasi

So‘m


Moliyalashtirish manbaasi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma).


Kreditni muddati, qaytarish grafigi va davriyligi

1-kredit maqsadi bo‘yicha: 12 oyga 6 oylik imtiyozli davr bilan,

2-kredit maqsadi bo‘yicha: 12 oyga revolver kreditlari ajratiladi.


Kredit miqdori

-      Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun mahsulot qiymatining
50 foizi* miqdorida;
-      Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga - yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun “revolver” kreditlarini ajratishda mijoz arizasiga asosan individual tarzda* belgilanadi.

 
*( Kredit miqdori O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan har yili e’lon qilinadigan minimal narx asosida hamda o‘tgan hosil yilidagi meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, don uchun makkajo‘xori, dukkakli va moyli ekinlarning hosildorligini (sentner/gektar) hisobga olgan holda belgilanadi. ) 

   

Foiz miqdori

Barcha kredit maqsadlari bo‘yicha:
-     Yillik 14 foiz (shundan bank marjasi 2 foiz) stavkada;

Izox: Kelgusida foiz miqdori Bank va Jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan Bosh bitim va me’yoriy huquqiy xujjatlarga asosan o‘zgarishi mumkin.


Mahsulotni taqdim etish shakli

Pul ko‘chirish yo‘li bilan; 

      

Ta’minot

Ajratiladigan kredit mablag‘lari ta’minoti sifatida Bank kredit siyosati va Kredit ta’minoti bilan ishlash tartibi shartlaridan kelib chiqib kredit  ta’minotining kamida 50% miqdorida likvidli mulkiy garov ta’minoti talab qilinadi.
*Likvidli mol-mulk: ko‘char va ko‘chmas mulklar, bino va inshootlar, turar joylar, transport vositalari, maxsus texnikalar

I. Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun:

1. Ariza.

2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3. Mijozning tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun taqdim qilgan buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.

4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).

5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.

6. Mijoz nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes-reja.

8. Faoliyat joyi bo’yicha yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (er uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi).

9. Tuman hokimining ekinlarni joylashtirish to‘g‘risidagi qarori nusxasi;.

10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining tuman bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan o‘tgan hosil yilidagi meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, don uchun makkajo‘xori, dukkakli va moyli ekinlarning hosildorligi (sentner/gektar) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

11. Yetishtirilishi moliyalashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va xarid qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

 

II. Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga - yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun:

1. Ariza.

2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3. Mijozning tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun taqdim qilgan buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.

4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).

5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.

6. Mijoz nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes-reja.

8. Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablag‘larini to‘ldirishga “revolver” kredit olish uchun o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan hududdagi tuman hokimligida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlovchi, qayta ishlovchi va eksportga yo‘naltiruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi lozim.

9. Yetishtirilishi moliyalashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va xarid qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

III. Shuningdek, kredit mahsuloti bo‘yicha Rossiya, Belarus yoki Eron davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlardan biri ishtirok etganda, shartnomaning (bitim) sanksiya bilan bog‘liq xatarlarini baholash yuzasidan xalqaro huquqiy reytinglarda Tier/Band 1 darajasida va Chambers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan xalqaro yuridik kompaniyalari tomonidan kontragentlarining xalqaro sanksiyalar ro‘yxatida emasligi to‘g‘risidagi ijobiy xulosalarini taqdim etilishi lozim.


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2023 18:16  
up