SQB Xonobod bank xizmatlari markaziga universal servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
04.06.2026 17:53
Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar: • Jismoniy va yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ochish, yopish va operatsiyalarni amalga oshirish • Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish, SWIFT o’tkazmalarini iABS dasturiga kiritish • Depozitlar bo’yicha operatsiyalar hisobini yuritish va buxgalteriya o’tkazmalarini amalga oshirish • Mijozlarni identifikatsiya qilish va hujjatlarni dastlabki nazoratdan o’tkazish • Eksport-import shartnomalari bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish va TSOYaEAT tizimiga kiritish • Bank kartalari, savdo terminallari va masofaviy xizmatlar bo’yicha arizalarni rasmiylashtirish • Ish haqi loyihasi bo’yicha to’lov reestrlarini qabul qilish va karta hisobvaraqlariga o’tkazish • Ko’rsatilgan xizmatlar uchun komissiyalarni hisoblash
Talablar: • Oliy ma’lumot • Ish tajribasi talab etilmaydi • Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik, kommunikativlik • O’zbek va rus tillarini bilish • B toifali haydovchilik guvohnomasi mavjudligi
Ish joyi: Andijon viloyati, Xonobod bank xizmatlari markazi
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.