Yirik sanoat korxonalari xodimlari uchun bank mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi


13.03.2026 10:38

Yirik sanoat korxonalari xodimlari uchun bank mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan “O‘zbekko‘mir” AJ, “Angren Energo” QK MChJ, “Yangi Angren IES” AJ, shuningdek Jizzax viloyatidagi Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan “Global Optical”, “Euroasia Gilamlari” hamda “Xuahin Sement” korxonalari rahbarlari va ishchi-xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida korxonalar jamoalariga bank tomonidan taklif etilayotgan zamonaviy chakana mahsulot va xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi:

– yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan maxsus bank takliflari;

– xodimlar uchun imtiyozli shartlardagi kredit mahsulotlari;

– oylik ish haqi loyihalari doirasidagi qo‘shimcha qulayliklar;

– jozibador omonat mahsulotlari;

– “SQB Mobile” mobil ilovasi orqali bank xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatlari.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga bank mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi. Shuningdek, bank mahsulotlari va xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar hamda amaliy maslahatlar taqdim etildi.

Mazkur uchrashuvlar yirik sanoat korxonalari xodimlari uchun bank xizmatlari imkoniyatlarini kengaytirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda bank va mijozlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.





Boshqa yangiliklar

04/10/2026 10:26:49 am
SQB: yoshlar – yangi iqtisodiyot va innovatsiyalar drayveri

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...

04/09/2026 11:24:04 am
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomala ...

04/06/2026 06:08:41 pm
SQB’da xotin-qizlar uchun biznes-trening o‘tkaziladi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan Buxoro shahrida tadbirkor ayollar hamda o‘z biznesini boshlash istagi ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.03.2026 11:38  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo