Toshkent shahrida Oʻzsanoatqurilishbank (SQB)ning korporativ venchur jamg‘armasi — “SQB Ventures” tomonidan fintex-innovatsiyalarni rivojlantirish va yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hakaton bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amalda namoyish etish, tajribali mentorlardan ko‘nikma va tavsiyalar olish hamda shu orqali tayyor mahsulot yaratib, o‘z startaplarini rivojlantirish imkoniyatini berishdan iborat bo‘ldi.
Hakatonga 196 ta ariza kelib tushdi. Saralash natijasida 36 ta jamoa tanlab olindi, shulardan 13 tasi final bosqichiga yo‘l oldi. Ular sun’iy intellekt, fintex va nobank mahsulotlari yo‘nalishlarida ish olib bordilar.
Mentorlar orasida “Azma Finance”, “Muna Media”, “Minora AI”, “Uzum Fintech” kabi mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar.
G‘oliblar:
1-o‘rin — Redeem (avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun POS-tizim);
2-o‘rin — Mentorium (bolalar uchun sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformasi);
3-o‘rin — Historia (tibbiy muassasalar uchun CRM-platforma).
G‘olib jamoalar “SQB Ventures” tomonidan jami 220 million so‘m miqdoridagi mukofot jamg‘armasi doirasida taqdirlandilar.
Hakaton “Yangi O‘zbekiston” universiteti huzuridagi innovatsion maydonda bo‘lib o‘tdi.
“SQB Ventures” fintex ekotizimini rivojlantirish va istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularni haqiqiy biznesga aylantirish borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...
O‘zsanoatqurilishbank Korporativ markazi tomonidan Jizzax viloyatida qator tashkilot va muassasalar xodimlari bil ...
Milliy libos – qadriyat, iftixor va ruhiy yaqinlik ramzi. Shu bois O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tizimida milliy li ...

