SQB Xorazm bank xizmatlari ofisi Universal servis menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.


30.06.2026 17:57

Biz mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish hamda operatsion jarayonlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlay oladigan mas’uliyatli va mijozlarga yo‘naltirilgan mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ochish, yopish va bank operatsiyalarini amalga oshirish.
• Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish.
• SWIFT o‘tkazmalarini iABS dasturiga kiritish.
• Depozit operatsiyalari hisobini yuritish va tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish.
• Mijozlarni identifikatsiya qilish hamda hujjatlarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish.
• Eksport-import shartnomalari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish va tizimga kiritish.
• Bank kartalari, savdo terminallari va masofaviy xizmatlar bo‘yicha arizalarni rasmiylashtirish.
• Ish haqi loyihalari bo‘yicha to‘lov reyestrlarini qabul qilish va karta hisobvaraqlariga o‘tkazish.
• Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komissiyalarni hisoblash.

Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Bank sohasida ishlashga qiziqish va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• Mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 3.07ga qadar yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

07/02/2026 04:29:18 pm
SQB Koson BXM Kichik mijoz menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz chakana kreditlash, bank mahsulotlarini sotish va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga ega ...

07/02/2026 11:49:09 am
SQB Bank Xalqaro moliyaviy hisobotlar va konsalting departamenti direktor o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS/IFRS), moliyaviy tahlil va konsalting yo‘nalishida katta tajribaga ega, ...

07/01/2026 03:50:06 pm
SQB Shahriston bank xizmatlari markazi Universal servis menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Biz mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish hamda oper ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.06.2026 17:58  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит