SQB tarmoqlarga kichik servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
30.06.2026 14:33
Ish joyi: Xorazm BXO, Xonobod BXM.
Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ochish, yopish va operatsiyalarni amalga oshirish
• Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish, SWIFT o'tkazmalarini iABS dasturiga kiritish
• Depozitlar bo'yicha operatsiyalar hisobini yuritish va buxgalteriya o'tkazmalarini amalga oshirish
• Mijozlarni identifikatsiya qilish va hujjatlarni dastlabki nazoratdan o'tkazish
• Xalqaro pul o'tkazmalari tizimlarida operatsiyalarni rasmiylashtirish
• Eksport-import shartnomalari bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish va TSOYaEAT tizimiga kiritish
• Bank kartalari, savdo terminallari va masofaviy xizmatlar bo'yicha arizalarni rasmiylashtirish
• Ish haqi loyihasi bo'yicha to'lov reestrlarini qabul qilish va karta hisobvaraqlariga o'tkazish
• Konversiya amaliyotlari va akkreditivlar bo'yicha operatsiyalarni o'tkazish
• AML/CFT va komplayens nazorat talablariga rioya qilish
Talablar:
• Oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• O'zbek, rus va ingliz tillarini bilish
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

120
Boshqa yangiliklar