SQB Sun’iy intellekt departamenti, AI-servislar xizmati, Modellar va vositalarni tadqiq qilish guruhi kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.
14.08.2026 17:36
Asosiy vazifalar: • Mashinaviy va chuqur o’qitish (ML/DL) modellarini ishlab chiqish, testlash va optimallashtirish ishlarida ishtirok etish. • Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yo’nalishida tadqiqotlar o’tkazishda ishtirok etish hamda Bank faoliyatida qo’llash mumkin bo’lgan yangi texnologiyalarni o’rganish. • Modellarni validatsiya qilish, testdan o’tkazish va ularning sifat ko’rsatkichlarini baholash ishlarida ishtirok etish. • ML/DL modellarini ishlab chiqish uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlash, tozalash va qayta ishlash. • Mavjud modellar va texnologik yechimlarni o’rganish, solishtirish hamda ularning samaradorligini tahlil qilishda ishtirok etish. • Yetakchi va katta menejerlar tomonidan berilgan texnik topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish. • Bankning ichki hujjatlari, metodologiyalari, tartiblari va reglamentlari loyihalarini ishlab chiqishda o’z vakolati doirasida ishtirok etish. • Bajarilgan ishlar va tadqiqotlar natijalari bo’yicha zarur ma’lumot va materiallarni tayyorlash.
Talablar: • Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot. • Kamida 1 yillik ish tajribasi. • Katta hajmdagi ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, tahlil qilish va modellarni yaratishda ulardan samarali foydalanish bo’yicha bilim. • Dasturlash tillari, ma’lumotlar bazalari, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish vositalaridan foydalana olish. • Mashinaviy va chuqur o’qitish modellarini ishlab chiqish, o’qitish, sinovdan o’tkazish va amaliyotga joriy etish bo’yicha bilim va ko’nikma. • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik. • Muloqotga kirishuvchanlik. • Rus yoki Ingliz tilini bilish.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 16.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.