Mikro va kichik biznes bo‘yicha anderrayting xizmati menejeri


14.08.2026 18:05

Asosiy vazifalari:

  • Bank filiallaridan kelib tushgan mikro va kichik biznes mijozlarining kredit arizalarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish;
  • Qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini kompleks baholash hamda kredit risklarini tahlil qilish;
  • Berilgan vakolatlar doirasida kredit arizalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
  • Vakolat doirasidan tashqaridagi kredit arizalari bo‘yicha materiallarni Bankning kollegial organlariga ko‘rib chiqish uchun tayyorlash;
  • Qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtirish hamda ularni bank ofislari va bank xizmatlari markazlariga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash;
  • Ichki me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish va kreditlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Bankning tarkibiy bo‘linmalaridan kelib tushgan xizmat hujjatlari va murojaatlarni ko‘rib chiqish;
  • Bankning ichki reglamentlari, ijro intizomi va korporativ standartlariga rioya qilish.

Talablar:

  • Iqtisodiyot, moliya yoki bank ishi yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot;
  • Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi;
  • Kredit tahlili, qarz oluvchilarning moliyaviy holatini baholash va kredit risklarini boshqarish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari hamda Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish;
  • Analitik fikrlash, tafsilotlarga e’tibor va asoslangan qarorlar qabul qilish qobiliyati;
  • Microsoft Office dasturlarini, ayniqsa Excel dasturini yaxshi bilish.

Biz taklif qilamiz:

  • O‘zbekistonning yetakchi banklaridan birida ishlash imkoniyati;
  • Kasbiy va martaba o‘sishi uchun keng imkoniyatlar;
  • Korporativ o‘quv dasturlari va rivojlanish loyihalarida ishtirok etish;
  • Raqobatbardosh ish haqi;
  • Zamonaviy ofis va professional jamoada ishlash imkoniyati.

Nomzodlar uchun

Agar Siz mazkur lavozim talablariga mos kelsangiz va SQB jamoasining bir qismi bo‘lishni istasangiz, rezyumeingizni hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

Elektron xat mavzusida quyidagini ko‘rsatishingizni so‘raymiz:
"Mikro va kichik biznes bo‘yicha anderrayting xizmati menejeri".



Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 14.08.2026 18:05  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит