Kredit maqsadi
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari)da taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʻqishni koʻchirgan talabalar uchun ajratiladi
Kreditning eng ko‘p miqdori*
Oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt) to‘lov summasi miqdorida;
Kredit muddati
Talabaning rasmiy o‘qishni tamomlashning belgilangan yakuniy muddati + 6 oy + 7 yil;
Kredit foiz stavkasi
Yillik 14%. Bunda, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun ajratilgan taʼlim krediti boʻyicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab boriladi.
To'lov grafigi
Differensial
Mahsulotni olish usuli***
Ta'lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar oliy ta'lim tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan ta'lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi;
Maksimal imtiyozli davr (differensial grafikda)
Talabaning rasmiy o‘qishni tamomlashning belgilangan yakuniy muddati + 6 oy;
Ta'minotga talablar
Kredit miqdori bazaviy xisoblash miqdorining 150 baravarigacha
jismoniy shaxs kafilligi va/yoki sug'urta polisi;
Kredit miqdori bazaviy xisoblash miqdorining 150 baravaridan oshgan
taqdirda mol-mulk garovi:
- avtotransport vositasi (ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan);
- ko'chmas mulk (agar ipoteka narsasi turar joy bo'lsa, doimiy ro'yxatda turuvchilar mavjud bo'lmasligi lozim).
Bunda mazkur kredit mahsuloti bo'yicha (kredit qoldig'iga nisbatan) ta'minot miqdori hamda mijozning to'lov qobiliyati har bir o'quv yili uchun alohida o'rganiladi
Kredit qoplanishi
Ta'minotning miqdori kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi lozim. Daxldor shaxslar bo'yicha ta'minotning miqdori kredit summasining kamida 130 foizini tashkil etishi lozim.
Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari)da (keyingi oʻrinlarda taʼlim tashkiloti) va qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavr va hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov kontrakt asosida tahsil olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ish haqi (kamida 6 oy);
Yoshga doir pensiya;
Shaxsiy yordamchi, dehqon xoʻjaligi, yakka tadbirdagi tadbirkorlik faoliyati boʻyicha asosiy hisobvaragʻi barcha pul tushumlarining 10% (kamida 6 oy);
Ta'lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
Doimiy ish joyiga, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;
Ta'lim kreditini ajratishni koʻrib chiqish vaqtida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.
Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchi / kafildan qabul qilinadigan hujjatlar ro'yxati
pasport yoki ID karta. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
daromadlari to‘g‘risidagi hujjatlar/elektron ma'lumotlar (bankning Crobs dasturi orqali);
talaba va oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov mikdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
ta'lim krediti qaytarilishining ta'minotiga doir hujjatlar va zarur hollarda garov mulkini baholash yuzasidan mustaqil baholash tashkiloti hisoboti;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun).
Shuningdek, qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Ajoyib, soʻrovingiz muvaffaqiyatli qabul qilindi! Mutaxassisimiz siz bilan bogʻlanadi.
Mikroqarz
Onlayn mikroqarz
JOYDA'da bo'lib to'lash asosidagi xarid
Overdraft
Iste’mol krediti
KIA, CHERY, RENAULT va LADA uchun avtokredit
Avtokredit
Kredit kartasi
Ta’lim krediti(Vaqtincha to'xtatilgan)
Talaba qizlar uchun ta'lim krediti(Vaqtincha to'xtatilgan)
JOYDA orqali xarid qiling
"Yashil" iste'mol krediti (Vaqtincha to'xtatilgan)
Green consumer loan (Vaqtincha to'xtatilgan)
IT ta'limi uchun kredit
Elektr energiyasi to'lovi uchun kredit
Istalgan turar-joy uchun ipoteka
Yangi uyga Ipoteka krediti
Uy-joyni qurilish va rekonstruksiya qilish
Qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti
Yashil Ipoteka (Vaqtincha to'xtatilgan)
Imtiyozli ipoteka krediti (Ipoteka VM-637)
Xonadonni taʼmirlash uchun kredit (Vaqtincha to'xtatilgan)
Kichik biznes uchun
Korporativ mijozlar uchun
Pul o'tkazmalari
To`lovlar
Xizmatlar
Investitsiyalar
Bank bilan bog'laning
Visa Infinity
Visa Platinum
Visa Classic
Unionpay Gold
Uzcard DUO
Humo
Mastercard World
Indvidiual dizaynli kartalar
"Ishonch" omonati
"Yuksalish" omonati
"Kapital" omonati