Barcha kreditlar
Bank kartasining turi:
milliy valyutadagi Visa Classic kartasi
Kartani chiqarish va unga xizmat ko’rsatish:
bepul
Kredit limiti:
2 000 000 so'mdan 100 000 000 so'mgacha
Yillik foiz stavkasi:
26,9 %. Bunda kredit mablagʼlarining tovar va xizmatlar sotib olish uchun foydalanilgan qismiga, jami qarzdorliklar keyingi oyning 10-sanasi (toʼlov kuni)ga qadar qaytarilgan taqdirda, foizlar olinmaydi.
To'lov kuni:
Har oyning 10 sanasi
Har oylik foiz toʼlovi:
Kalendar oyi yakuni boʼyicha hisoblanadigan va toʼlov kuniga qadar soʼndirilishi lozim foizlar
Har oylik asosiy qarz toʼlovi (minimal toʼlov):
Kredit qoldigʼining 10 foizi miqdorida, kalendar oy yakuni boʻyicha hisoblanadigan va toʻlov kuniga qadar soʻndirilishi lozim boʻlgan toʻlov. Eng kam minimal toʻlov miqdori xaridlar va naqdga tenglashtirilgan operatsiyalar boʻyicha 100 000 so’mdan (lekin mikroqarz qoldigʻidan koʻp boʻlmaydi)
Kredit muddati:
48 oy. Bunda, kreditning oxirgi 12 oyi qarzdorlikni so’ndirish uchun ishlaydi
Kredit bank kartasining muddati:
36 oy. 36 oydan so’ng qarzdorlikni so’ndirish uchun kirim amaliyotlarini bajarish mumkin
Bank bankomatlarida va kassalarida naqd pulni yechib olish:
Komissiya toʼlovi operatsiyaning 2,9 % miqdorida (bankomat/terminalga xizmat ko'rsatuvchi bank qo'shimcha vositachilik haqi olishi mumkin). Bu holda foizsiz muddat hisoblanmaydi
Kartadan kartaga/bank hisobvarag'iga/elektron hamyonga pul o'tkazish:
Pul o'tkazmasining summasidan 2,9 % miqdorida vositachilik haqi. Bu holda foizsiz muddat hisoblanmaydi
Naqd pul olish va kartaga hisobvaraqqa hamyonga pul oʼtkazish limiti:
Cheklovsiz. Bunda, bajarilgan xizmat uchun amaldagi bank tarifiga asosan xizmat haqi mavjudligini inobatga olinish lozim.
Chet elda savdo va xizmatlar uchun toʻlovlar:
Chet elda savdo va xizmatlar uchun o’tkazilgan har bir toʻlovga 0,6 AQSh dollar miqdorida vositachilik haqi undiriladi(QQS bilan)
Operatsiyalar haqida SMS-xabar berish:
Bepul
“Oʻzsanoatqurilishbank”ning Visa Kredit kartasi har qanday vaziyatda ham sizning toʻlovni amalga oshirish qobiliyatingiz kafolatidir. Karta Visa toʻlov tizimi ishlaydigan dunyoning istalgan nuqtasida toʻlovlarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish imkonini beradi, shuning uchun sayohat paytida undan foydalanish juda qulay.
Kredit kartaning asosiy afzalligi shundaki, siz bank pullaridan tekin foydalanishingiz mumkin. Tovarlar/ savdo /xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganda va foydalanilgan kredit mablagʻlari foizsiz muddatda toʻliq qaytarilganda ushbu toʻlovlar boʻyicha foizlar undirilmaydi.
Kredit limiti tasdiqlanganidan soʻng,kartani Toshkent shahar mintaqaviy BXO kassasidan (Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 5-uy), viloyatlarda oʻzingizga qulay bo'lgan Bank xizmatlar ofisi va Bank xizmatlar markazi kassalaridan olishingiz mumkin. Oʻzingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat yoki haydovchilik guvohnomasini olishni unutmang.
Visa Kredit kartasi avvalo do'konlarda va Internet xaridlarida naqd pulsiz muomala qilish uchun yaratilgan.
Shu bilan birga, kartadan naqd pul olish va o'tkazish operatsiyalari ham ta’qiqlanmaydi: siz bankomatdan pul olishingiz, bank hisob raqamlariga, elektron hamyonlar va kartalarga (P2P) kredit limitining 100 foizgacha (Bunda, xizmat xalqaro ham qo'shilgan holda) pul o'tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin, lekin bank buning uchun - 2 ,9% miqdorida vositachilik haqi oladi.
Agar sizda “Oʻzsanoatqurilishbank”dan Visa Kredit kartasi boʻlsa, unda mavjud boʻlgan Bank pullaridan tekin foydalanishingiz mumkin. Ammo bank sizdan foiz va komissiya olmasligi uchun ma'lum shartlarga rioya qilish kerak. Agar siz oy davomida kredit kartangiz bilan xaridlar uchun toʻlovni amalga oshirgan bo'lsangiz, yangi oyning 10-kuniga qadar butun qarzni to'lashingiz kerak bo’ladi.
Imtiyozli davr tugagan boʻlsa, lekin qarz saqlanib qolsa, kredit rejimi belgilangan foiz stavkasini hisoblash va hisob raqamiga muntazam toʻlovlarni amalga oshirish talabi bilan faollashtiriladi. Kreditdan farqli oʻlaroq, kartada belgilangan toʻlov jadvali mavjud emas. Kechiktirilgan toʻlovlarning oldini olish uchun kartani kamida oylik majburiy to'lov miqdorida to'ldirish kerak. Uni o'tkazib yuborish yoki to'lamaslik mumkin emas - qarz muddati oʻtib ketadi va unga yuqori foizlar undiriladi.
Toʻlovlar haqida unutmasligingiz uchun oyning boshida oylik majburiy toʻlov qoldigʻi va oʻtgan oy uchun barcha qarzlar bilan SMS-xabar yuboriladi, mijoz uni 10-kungacha toʻlashi kerak.
Maslahat! Foizsiz davrni iloji boricha uzoqroq qilish uchun oyning boshida katta xaridlarni kredit karta bilan toʻlashga harakat qiling. Shunday qilib, qarzni toʻlash uchun sizning ixtiyoringizda 40 kungacha boʻladi.
Majburiy toʻlov shartnomada koʻrsatilgan stavka boʻyicha foizlar va qarz summasining 10% miqdorida shakllanadi.
Lekin siz kerakli miqdordan koʻproq to'lashingiz mumkin. Qanchalik koʻp depozit qilsangiz, keyingi to'lov, kredit foizlari va umumiy ortiqcha toʻlov shunchalik kam boʻladi.
40 kungacha bo'lgan foizsiz muddat har oyning boshidan boshlanadi. Oyning oxiriga kelib, bank kartadagi qarz miqdorini jamlaydi va hisoblab chiqadi, uni keyingi 10 kun ichida to'lash maqsadga muvofiqdir. Qarz SQB MOBILE ilovasi orqali yoki bank kassasida boshqa kartadan kredit kartani to‘ldirish yo‘li bilan to‘lanadi.
Agar sizda hech qanday xarajatlar bo'lmasa, unda qarz ham yo'q.
Kredit kartaga pul o'tkazilganda qarz quyidagi tartibda to'lanadi:
1. Yuqori foizlar;
2. Muddatida toʻlanmagan foizlar;
3. Muddatida toʻlanmagan minimal toʼlov (har oylik asosiy qarz toʻlovi);
4. Аvvalgi oyda hisoblangan foizlar;
5. Minimal toʻlov (har oylik asosiy qarz toʻlovi);
6. Naqdga tenglashtirilgan amaliyotlar bo’yicha avvalgi oylarda yuzaga kelgan asosiy qarz;
7. Xaridlar boʻyicha avvalgi oylarda yuzaga kelgan asosiy qarz;
8. Hisoblangan foizlar;
9. Naqdga tenglashtirilgan amaliyotlar boʻyicha joriy oyda yuzaga kelgan asosiy qarz;
10. Xaridlar boʻyicha joriy oyda yuzaga kelgan asosiy qarz.
Qarz oluvchi - kredit olish uchun ariza berilgan kuni 18 yoshga to‘lgan – 60 yoshdan katta bo‘lmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi kerak;
- barcha kreditlar, kafilliklar boʻyicha majburiyatlar yuzasidan qarz yuki oʻrtacha oylik daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak;
- kamida oxirgi 6 oy davomida daromadga ega boʻlishi;
- elektron skoring dasturidan maqullanishi lozim.