-ipoteka krediti sud qarorlariga asosan undiruvga qaratilgan uy-joylarni sotib olish
uchun berilmaydi.
-kredit hisobiga sotib olinadigan uy-joy yaqin qarindoshlar oʻrtasida oldi-sotdi
qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda, qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi va
sotuvchi oʻrtasidagi yaqin qarindoshlik aloqalari ham hisobga olinishi lozim.
-ipoteka krediti boʻyicha ijobiy qarori qabul qilingandan soʻng, mijoz tomonidan
boshlangʻich badal mablagʻlari “Kafolat-3” nomli milliy valyutadagi jamgʻarma
omonatiga shakllantiriladi va kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy garov
qoʻyilgandan soʻng sotuvchining tegishli hisob raqamiga oʻtkaziladi.
-bunda, qarz oluvchi tomonidan boshlangʻich badal mablagʻlari toʻgʻridan-toʻgʻri
pudrat tashkiloti (birlamchi bozordagi xonadon uchun)hisobvaragʻiga oʻtkazilgan
hollarda, pul mablagʻlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjati ilova qilinadi.
Shuningdek, birlamchi bozorda qurilayotgan uy-joy foydalanishga topshirilib kadastr
hujjatlari to’liq rasmiylashtirilguniga qadar boshqa ko‘chmas mulk garovi taqdim
qilinishi mumkin. Bunda, kredit hisobiga sotib olingan uy-joyning kadastr hujjati
rasmiylashtirilgandan so‘ng, kredit bo‘yicha garov ta'minoti ushbu uy-joy
ipotekasiga almashtiriladi.